close
Kontent qismiga oʻtish

Anoreksiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Anoreksiya (yun. an — inkor qoʻshimchasi va orexis — ishtaha) — ishtahaning yoʻqolishi, ishtahadan qolish. Bosh miyadagi ovqat markazining tormozlanishidan kelib chiqadi. Turli hayajonlarda bosh miyaning haddan tashqari qoʻzgʻalishi, ruhiy hamda endokrin xastaliklar (mas, Simmonds kasal-ligi), yuqumli kasalliklar, intoksikasiyalar, moddalar almashinuvining buzilishi, hazm aʼzolarining kasalliklari (oʻtkir gastrit, surunkali gastritning zoʻriqishi, meʼda raki, sanchiklar va boshqalar), ovqatni muntazam bir vaqtda yemaslik, uning koʻngilga urishi, shuningdek ovqat vaqtidagi noxush vaziyat bosh miyadagi ovqat markazining tormozlanishiga sabab boʻladi. Anoreksiya biror kasallik belgisi (simptomatik Anoreksiya) yoki asosiy kasallik (anorexia nervosa) boʻlishi mumkin. Anoreksiya uzoq davom etganda organizmni quvvatdan ketkazib, turli kasalliklarga moyil qilib qoʻyadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil