close
Kontent qismiga oʻtish

Cheboksari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Cheboksari (chuvashcha — Shupashkar) — Rossiya Federatsiyasi Chuvashiya Respublikasidagi shahar, respublika poytaxti (1925-yildan). Volga daryosining oʻng sohilida, Cheboksar daryosining Volgaga kuyilish joyida. Cheboksari stansiyasi, avtomobil yoʻllari chorrahasi, aeroport bor. Yirik dare porti. Aholisi 500 ming kishi (2024). Ilk bor 1469-yil solnomasida uchraydi. 1555-yildan Rus davlati qalʼasi. Volga boʻyining yirik savdo markazi. 1781-yildan Kozon gubernyasi uyezd markazi. 1920-yildan Chuvashiya muxtor viloyati markazi, 1925-yildan Chuvashiya Muxtor Respublikasi poytaxti, 1992-yildan Chuvashiya Respublikasi poytaxti. Yetakchi sanoat tarmoqlari: mashinasozlik (elektrotexnika sanoati, priborsozlik, traktorsozlik va boshqalar), yengil (shu jumladan, ipgazlama kti); shuningdek, oziq-ovqat (sut zdi, goʻsht kti), qurilish materiallari sanoatlari mavjud. Issiqlik elektr styasi bor. 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, Chuvashiya universiteti), 5 teatr, 4 muzey (oʻlkashunoslik, badiiy, adabiyot va boshqa muzeylar), filarmoniya, kartinalar galereyasi faoliyat koʻrsatadi.

Meʼmoriy yodgorliklardan Troitsa monastiri (XVI asr), Vvedeniye sobori (1651), Vozdvijeniye (1702) va Uspeniye (1763) cherkovlari, XVII—XVIII asrlarda qurilgan turar joy binolari saqlangan.