Dalmatsiya
Dalmatsiya — Xorvatiyadagi tarixiy viloyat, qad aholisi — dalmatlar (nomi shundan) va b. VI—VII asrlarda slavyanlar kelib oʻrnashgan. IX asrda Xorvat davlati, XII asr boshlarida Vengriya tarkibiga kirgan. XII—XV asrlar boshida oʻrta asr shahar kommunalari (Zadar, Split, Dubrovnik, Kotor va b.) gullab yashnagan. 1420—1797-yillarda D. (Dubrovnikdan boshqa) Venetsiya qoʻl ostida boʻlgan (XVI asrda D.ning ichki viloyatlari Turkiya tasarrufiga oʻtgan), 1797—1918-yillarda Avstriya tarkibida (1805—13-yillarda Fransiya qoʻl ostida, 1809—13-yillarda Illiriya provinsiyalari tarkibida). 1918-yildan D. (Zadar va Italiya tomonidan egallangan baʼzi orollardan tashqari) Serblar, Xorvatlar va Slovenlar kirolligi (1929-yildan Yugoslaviya) tarkibida. 1941-yil fashist bosqinchilari tomonidan tashkil qilingan qoʻgʻirchoq "Mustaqil Xorvatiya davlati" tarkibiga kiritilgan. 1945-yildan D. Chernogoriya (jan. qismi) va Xorvatiya tarkibida.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |