close
Kontent qismiga oʻtish

Harry Amass

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Harry Amass
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Harry John Amass[1]
Tavallud sanasi 2007-yil 16-mart (2007-03-16) (19 yosh)[2]
Tavallud joyi London, Angliya[3]
Boʻyi 1.81 m[4]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester United
Raqami 41
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2016–2023 Watford
2023– Manchester United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2024– Manchester United 5 (0)
Milliy terma jamoa
2022 Angliya U15 4 (0)
2022-2023 Angliya U16 9 (0)
2023– Angliya U17 9 (0)
2024- Angliya U18 7 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(11-aprel uchun)

Harry John Amass — ingliz professional futbolchisi. Angliya Premyer-ligasining Manchester United klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Angliyaning yoshlar terma jamoasi vakili.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amass 9 yoshida Watford akademiyasiga qoʻshilgan[5]. 2023-yil yanvar oyida, 15 yoshida, u birinchi marta asosiy jamoa tarkibiga kiritilgan va Angliya kubogining uchinchi bosqichida Reading jamoasiga qarshi oʻyinga zaxiradan joy olgan[6].

2023-yil mart oyida The Evening Standard gazetasi Manchester United klubi Amass bilan shartnoma imzolash arafasida ekanligini va Chelseani ortda qoldirganligini aytib oʻtgan[7]. Aprel oyida Watford futbolchiga yangi shartnoma taklif qilgan, biroq iyun oyida Amass Manchester United bilan 4 yillik shartnoma imzolanganligi va klublar oʻtish uchun toʻlov miqdoriga kelishganligini eʼlon qilingan[8][9]. Bu transfer 2023-yil avgustida rasman tasdiqlangan[10].

Amass 2024-yil fevralida birinchi marta Manchester United asosiy jamoasi bilan mashgʻulotlarda qatnashgan[11]. 7-aprel kuni u Liverpool jamoasiga qarshi oʻyinga zaxira tarkibiga kiritilgan, lekin maydonga tushirilmagan[12]. 2025-yil 16-martda, 18 yoshga toʻlgan Amass Leicester Cityga qarshi Premyer-liga uchrashuviga jamoa tarkibiga kiritilgan va 69-daqiqada maydonga tushib Manchester United safidagi debyutini oʻtkazgan[13]. 2025-yil 13-aprelda Amass Manchester United safida Newcastle Unitedga qarshi oʻyinda ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgan[14].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amass Angliyaning 15 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida oʻynagan[15]. 2023-yil fevralida u Kiprda boʻlib oʻtgan UEFA rivojlanish turniri uchun 16 yoshgacha boʻlgan terma jamoa safiga chaqirilgan va jamoa bilan Kipr, Shotlandiya va Daniyani magʻlub etib, turnir gʻolibi boʻlgan[6].

2024-yil 20-mayda Amass 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati uchun Angliya terma jamoasi safiga kiritilgan[16]. Chorak finalda Italiyaga penaltilar seriyasida magʻlub boʻlishgan oʻyinda u maydonga tushib, penaltini aniq amalga oshirgan[17].

2024-yil 4-sentyabrda Amass Angliyaning 18 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida Portugaliyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan[18].

2025-yil 8-may sanasiga qadar
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻtkazgan oʻyinlar soni hamda urgan gollari
Jamoa Season Liga Kubok Liga kubogi Yevropa Boshqa Umumiy
DivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
Manchester United U21 2024-2025 3030
Manchester United 2024–25 Angliya Premyer-ligasi 400000200060
Umumiy400000203090
  1. „2023/24 Premier League squad lists“. Premier League (2023-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 5-iyun.
  2. „Harry Amass“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL Medien GmbH & Co. KG. Qaraldi: 2024-yil 29-fevral.
  3. „Harry Amass“. manutd.com. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.
  4. „Harry Amass Manchester United Defender, Profile & Stats | Premier League“ (en). www.premierleague.com. Qaraldi: 2024-yil 30-oktyabr.
  5. Fay, Richard „Manchester United agree deal to sign Watford defender Harry Amass“. manchestereveningnews.co.uk (2023-yil 26-iyun). Qaraldi: 2024-yil 13-fevral.
  6. 1 2 „Academy: Cup Success For Amass With England“. watfordfc.com (2023-yil 16-mart). Qaraldi: 2024-yil 13-fevral.
  7. Kinsella, Nizaar „Manchester United set to beat Chelsea to Watford starlet Harry Amass, 16, after breakthrough in talks“. standard.co.uk (2023-yil 23-mart). Qaraldi: 2024-yil 13-fevral.
  8. French, Andrew „Watford hoping to hold onto their two young prospects“. watfordobserver.co.uk (2023-yil 27-aprel). Qaraldi: 2024-yil 13-fevral.
  9. Leventhal, Adam; Anka, Carl „Manchester United agree deal for Watford youngster Harry Amass“. theathletic.com (2023-yil 26-iyun). Qaraldi: 2024-yil 13-fevral.
  10. „United confirm PDP Group for 2023/24“. manutd.com (2023-yil 15-avgust). Qaraldi: 2024-yil 13-fevral.
  11. Railston, Steven „Manchester United defender Harry Amass takes part in first-team training aged 16“. manchestereveningnews.co.uk (2024-yil 8-fevral). Qaraldi: 2024-yil 13-fevral.
  12. Luckhurst, Samuel „Manchester United set to name Harry Amass in squad vs Liverpool amid two changes“. manchestereveningnews.co.uk (2024-yil 7-aprel). Qaraldi: 2024-yil 5-iyun.
  13. „Harry Amass speaks out after making long-awaited Man United debut in win over Leicester City“. sports.yahoo.com (2025-yil 17-mart). 2025-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-iyun.
  14. Victor, Tom „Who is Harry Amass? Ruben Amorim hands Man Utd teen first Premier League start at Newcastle“. mirror.co.uk (2025-yil 13-aprel).
  15. French, Andrew „Watford defender Amass with England U16s in Cyprus“. watfordobserver.co.uk (2023-yil 22-fevral). Qaraldi: 2024-yil 13-fevral.
  16. Veevers, Nicholas „England MU17s squad named for EURO Finals“. EnglandFootball.com (2024-yil 20-may). Qaraldi: 2024-yil 21-may.
  17. Nottingham, Juliet „Report: England MU17s 1-1 Italy (4-5 on pens)“. EnglandFootball.com (2024-yil 30-may). Qaraldi: 2024-yil 5-iyun.
  18. Veevers, Nicholas „Report: England MU18s 2-2 Portugal“. EnglandFootball.com (2024-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 5-sentyabr.