close
Kontent qismiga oʻtish

Mike Leigh

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mike Leigh
Tavalludi 1943-yil 20-fevral (1943-02-20) (83 yosh)
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniya
Faoliyat yillari 1963—hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Alison Steadman
(turm. 1973; ajr. 2001)

Mike Leigh (talaffuzi: Mayk Li ; 1943-yil 20-fevral) – koʻplab mukofotlar sovrindori boʻlgan britaniyalik rejissyor.

Yahudiylar oilasida tugʻilgan Lieberman[1] keyinchalik familiyasini Leighga oʻzgartirgan[2]. Uning ota-onasi Manchesterda istiqomat qilishgan, ota-onasi Rossiya imperiyasidan kelgan muhojirlar oilalaridan bir boʻlgan[3], otasi Alfred Abraham Liberman (inglizcha: Alfred Abraham Lieberman (1914—1985) shifokor boʻlgan[4][5]. Qirollik dramatik sanʼat akademiyasining bitiruvchisi boʻlgan Mike 1960-yillarning oxirida yorqin istiqbolga ega sahna aktyori hisoblangan. Mike uzoq vaqt televideniye va kino oʻrtasida faoliyat olib bordi, ammo ikkala sohada ham muvaffaqiyatga erisha olmadi. High Hopes (1988) va Naked (1993, Kann kinofestivalida eng yaxshi rejissyor mukofoti) filmlari unga uzoq kutilgan mashkurlikni keltirdi.

1996-yilda uning oilaviy dramasi Secrets &Lies filmi va filmdagi bosh rol ijrochisi Oltin globus mukofotiga sazovor boʻldi. Sakkiz yil oʻtgach, Mike Venetsiya kinofestivalida ancha pessimistik Vera Drake filmi „Oltin sher“ mukofotini qoʻlga kiritdi, keyinchalik bu film Oskarga bir nechta nominatsiyalarda nomzod boʻlgan.

2008-yilda Mike Berlin kinofestivalida Happy-Go-Lucky komediyasi uchun bosh mukofotni qoʻlga kiritishi taxmin qilingan, biroq filmdagi bosh rollardan biri eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida „Kumush ayiq“ mukofotiga sazovor boʻldi. Agar film „Oltin ayiq“ mukofotini qoʻlga kiritganida, Mike dunyoning eng nufuzli uchta kinofestivalining mukofotlari ega boʻlgan rejissyorga aylanardi.

Mikeni koʻpincha Ken Loach bilan taqqoslashadi, rejissyorning oʻziga koʻra, uning filmlarida siyosiy komponent yoʻqligi sababli bu mutlaqo toʻgʻri emas. Sensatsiya yoki melodramadan qochib, Mike oddiy, eʼtiborga loyiq odamlar, koʻpincha ishchilar sinfi oʻrtasidagi insoniy munosabatlar mavzularini ishonchli tarzda oʻz filmlarida ochib bergan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xotini Alison Steadman (1973—2001) . Er-xotin 1995-yilda ajralishgan . Oʻgʻillari Tobi (1978-yilda tugʻilgan) va Leo (1981-yilda tugʻilgan). Unga uzoq muddat hamrohlik qilgan odam aktrisa Marion Baileydir[6].

  1. „Nathan Abrams. A Talmudic Director“. 2023-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-dekabr.
  2. „Habonim spirit influences work of director Mike Leigh in 'Happy-Go-Lucky' – Film“. Jewish Journal. 2009-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-yanvar.
  3. „Mike Leigh comes out on his Jewishness by Linda Grant“. 2013-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „The Steadman Family Research Center“. 2023-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-dekabr.
  5. „Naomi Pfefferman. Usually serious, Jewish director Mike Leigh puts his funny side up“. 2023-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-dekabr.
  6. „Mike Leigh on not wanting Johnny Depp to play turner“. spectator.co.uk. 2014-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-oktyabr.