Olimpiya
Olimpiya — Elida (Peloponnesning shimoli-gʻarbiy qismi)dagi yunonlar shahri; Zevs sajdagohi (muqaddas Altis oʻrmonzori). O. atrofida Olimpiada oʻyinlari oʻtkazish uchun qurilgan inshootlar (stadion va boshqalar) joylashgan. O.da Fidiy ustaxonasi joylashgan. O. maʼmuriy majmuasi miloddan avvalgi 7— IV asrlarda shakllangan. Milodiy 426-yil Rim imperatori Feodosii II buyrugʻiga koʻra oʻt qoʻyilgan, bundan avvalroq u Zevsga sajda qilishni va Olimpiada oʻyinlarini majusiylik belgisi sifatida man qilgan. Qazishmalar natijasida Pelops sajdagohi, ibodatxonalar haro-balari, jumladan, Gera, Zevs, Xudolar onasi, 12 xazina, 130 dan ziyod haykallar, 13 mingga yaqin jez buyumlar, 10 mingga yaqin bitiklar va boshqa topilgan O. Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |