close
Kontent qismiga oʻtish

Petro Parolin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pietro Parolin (italyancha: Pietro Parolin; 1955-yil 17-yanvar, Skyavon, Italiya) – italyan kardinali, Vatikan diplomati. 2002−yil 30−oktyabrdan 2009-yil 17−avgustgacha Davlatlar bilan aloqalar boʻyicha kotib oʻrinbosari (Vatikan diplomatik xizmatidagi uchinchi eng yuqori lavozim). 2009-yil 17-avgustdan 2014-yil 22-fevralgacha Aquipendium unvoniga ega arxiyepiskop. 2009-yil 17-avgustdan 2013-yil 15-oktabrgacha Venesuela Apostol nunsiyi. 2013-yil 15-oktabrdan Muqaddas Taxt davlat kotibi. 2014−yil 22−fevraldan 2018−yil 28−iyungacha Santi Simone e Giudà Taddeo a Torre Angela cherkovi unvoniga ega kardinal ruhoniy. 2018−yil 28-iyundan Santi Simone e Giudà Taddeo a Torre Angela cherkovi unvoniga ega kardinal yepiskop[1].

  1. „The talents of the priest and diplomat Fr. Pietro Parolin“. Vatican Insider (2013-yil 30-avgust). 2015-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-avgust.