Plener
Plener (frans. plein air — ochiq havo) — rangtasviraa quyosh nuri va atmosfera bilan bogʻliq havodagi oʻzgarishlarni qanday boʻlsa, shundayligicha tasvirlash. Naturanish rang boyligi va tovlanishini tabiiy yorugʻlik va atrof muhit taʼsirida koʻrsatish P. rangtasvirining asosini tashkil etadi. Rassomlarning bevosita ochiq havo (ustaxonalardan tashqari)da ishlashi natijasida yuzaga kelgan. P.ning dastlabki belgilarini Uygʻonish davri italyan va XVII asr rassomlari ijodida kuzatish mumkin. P.ning asosiy xusu-siyatlari XIX asr 1yarmida koʻzga tashla-nadi. XIX asr oʻrtalarida P. masalalari bilan barbizon maktabi vakillari hamda K. Koro shugʻullangan. XIX asr 2yarmida impressionist rassomlar (K. Mone, K. Pissaro, O. Renuar va boshqalar) ijodida oʻzining toʻlaqonli ifodasini topdi.
Oʻzbekiston hududida P. XIX asr oʻrtalaridan tarqaldi. L. Bure, I. Kazakov, O. Tatevosyan, A. Isutgov va boshqa, keyinroq P. Benkov, N. Kashina, R. Temurov, A. Roziqov va boshqalar P. rangtasvirining ajoyib namunalarini yaratdi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |