close
Kontent qismiga oʻtish

Robert Cogoi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Robert Cogoi
Cogoi 2004-yilda
Cogoi 2004-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Mirko Kogoj
25-oktyabr 1939-yil
Châtelet, Belgiya
Vafoti 14-may 2022-yil(2022-05-14)
(82 yoshda)
Janrlar Pop
Kasbi Qoʻshiqchi
Fuqaroligi Belgiya

Robert Cogoi (asl ismi Mirko Kogoj, 1939-yil 25-oktyabr — 2022-yil 14-may) — belgiyalik xonanda boʻlib, „Eurovision-1964“ tanlovidagi ishtiroki bilan tanilgan[1].

Cogoi Châtelet shahrida sloveniyalik ota-onalar oilasida tugʻilgan. 1961-yilda u Philips Records bilan shartnoma imzolagan hamda 1962-yilda Ostenddagi kazinoda oʻtkazilgan „Grand Prix International des Variétés“ tanlovida „Si un jour“ qoʻshigʻi bilan birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. Mazkur asar Fransiyada 100 000 nusxada sotilib, Cogoi uchun oltin sertifikatsiyani olishini taʼminlagan[2].

1964-yilda Cogoi oʻzining „Près de ma rivière“ („Mening daryom yonida“) nomli mualliflik qoʻshigʻi bilan „Eurovision-1964“ tanlovida Belgiyaning vakili sifatida ishtirok etish uchun tanlangan hamda 21-mart kuni Kopengagenda boʻlib oʻtgan toʻqqizinchi tanlovda sahnaga chiqqan. 1956-yilda ilk marotaba oʻtkazilgan musobaqadan beri ilk bor Belgiya vakili jamoatchilik yoki hakamlar ovozi orqali emas, balki RTBF telekanali tomonidan ichki tanlov asosida belgilangan. „Près de ma rivière“ ijrosi Monako va Portugaliya tomonidan berilgan ikkita ovoz bilan cheklanib, 16 ishtirokchi orasida toʻrt nafar ishtirokchi umuman ovoz olmaganligi sababli Cogoi umumiy oʻninchi oʻrinni egallagan[3].

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Si un jour (1962)
  • Pardonnez-moi Seigneur (1962)
  • Je m’sens très seul (1963)
  • Tu mens, mon amour (1963)
  • Je fais serment (1963)
  • Dou, dou, dou, doux (1963)
  • Quand le soleil dit bonjour aux montagnes (1964)
  • Près de ma rivière (1964)
  • Quand le jour se lève (1964)
  • Quand (1964)
  • Pas une place pour me garer (1966)
  • J’avais besoin de parler à quelqu’un (1966)
  • La télé (1966)
  • Pas une place pour me garer (1966)
  • Pour le meilleur et pour le pire (1967)
  • Je te demande pardon (1967)
  • L'église (1967)
  • El bandido (1967)
  • Gina (1968)
  • Mon île aux cocotiers (1968)
  • Au four et au moulin (1969)
  • Ma richesse (1969)
  • „La Station Service“ / „Le Monde Est Grand“ („Hej Gamle Man“) (1971)
  • „Oublie Barbara“ (1971)

Mini-albomlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Si un jour (1962)
  • Je m’sens très seul (1963)
  • Je serais mieux chez moi (1963)
  • Dou, dou, dou, doux (1963)
  • Près de ma rivière (1964)
  • Non, rien nʼa changé (1964)
  • Quand le soleil dit bonjour aux montagnes (1964)
  • Attendez, attendez (1965)
  • Ça se voit sur ton visage (1965)
  • 8h, 11h10’, 15h23’ (1966)
  • J’avais besoin de parler à quelqu’un (1966)
  • La télé (1966)
  • Monica (1967)
  • Je te demande pardon (1967)
  • Je serais mieux chez moi… (1963)
  • Personne… (1964)
  • Les grands succès de Robert Cogoi (1964)
  • Je m’sens très seul (1964)
  • Robert Cogoi (1967)