Tarelkalar
Qiyofa

Tarelkalar (ruscha: тарелки, italyancha: piatti, fransuzcha: cymbales) — urma musiqa cholgʻu asbobi. Ikkita maxsus temir qotishmasidan tayyorlangan disk (diametri 25—60 sm)dan iborat. Misr, Hindiston, Uzoq Sharq mamlakatlarida qadimdan maʼlum, Yevropada XVIII asrdan "yanicharcha (turkcha) musiqa" taʼsiri ostida ommaviylashgan. T. bir biriga (yoki tayoqcha bilan) urilganda jarangdor sado beradi. U turli orkestr va estrada hamda jaz ansambllarida qoʻllanadi.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |