close
Kontent qismiga oʻtish

Tomizm

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tomizm — Foma Akvinskiy taʼlimoti va u asos solgan katolitsizm falsafasi va ilohiyotidagi yoʻnalish. Xristianlik aqidalarini Aristotel falsafasi bilan birlashtirgan. T. XIII asrda Yevropada (sxolastikada) hukmron mavqeni egallagan. Avgustin platonizmini siqib chiqargan va averroizmga qarshi turgan. Keyinchalik uning taʼsiri boʻshashib qoldi. XIX asr oxiridan neotomizm shaklida qayta tiklanib, katolik cherkovining rasmiy falsafiy taʼlimoti deb eʼlon qilindi.