Zarba
Zarba, zarb (fizikada) — harakatlanayotgan qattiq jismlar toʻqnashganda, qattiq jism suyuklik yoki gaz bilan oʻzaro taʼsirlashganda yuzaga keladigan hodisalar majmuidir. Davom etadigan vaqt oraligʻi, odatda, juda qisqa (sekundning oʻn minglik ulushlaridan mln.lik ulushlarigacha), bir-biriga uriluvchi jismlarning kontakt (tutashuvchi) yuzalaridagi kuchlar (3. kuchlari) esa juda katta oniy kuchlar boʻladi. Toʻqnashgan sistemalar uchun oniy kuchlar ichki kuchlar hisoblanadi. Zarba vaqtida paydo boʻladigan impulslar oniy impulsl ar deyiladi. Zarba tufayli jismlarning yoʻnalishi, tezligi, shakli oʻzgaradi, qoldiq deformatsiyalar, tovush tebranishlari, jismlarning qizishi va b.lar sodir boʻladi. Ikki tomonlama urilish tezligi kritik tezlikdan katta boʻlgan hollarda esa jismlarning Zarba taʼsir etgan joyi yemirilishi mumkin. Zarba toʻgʻri, markaziy, burchakli, plastik, elastik va hokazo boʻlishi mumkin. Zarba kuchi Gʻ} ning shu kuch taʼsir etib turgan vaqt t ga koʻpaytmasi /73T=S1 zarba impulsi deyiladi. vaqtida Gʻʼ juda katta, t juda kichik boʻladi. Shu sababli, Zarba vaqtida jismga tushadigan taʼsirni ifodalashda Zarba kuchi oʻrniga Zarba impulsi ishlatiladi. Z.ning elementar nazariyasiga koʻra, jism tezligining 3. vaqtidagi oʻzgarishi tiklanish koeffitsiyenti kuch bilan ifodalanadi; bu koeffitsiyentning qiymati urilayotgan jismlar materialiga bogʻliq. Masalan, yogʻoch shar uchun k = j, poʻlat shar uchun ^; k=\ boʻlsa mutlaq elastik 3., k=0 boʻlganda mutlaq noelastik Zarba deyiladi. Mashina va mexanizmlar, inshoot elementlarini hisoblashda ularning Z.ga chidamliligi eʼtiborga olinadi. Z.dan jismlarni deformatsiyalash (yassilash, maydalash, shtamplash va b.) hamda harakatlantirish (mas, qoziq, mix qoqish va b.) maqsadida foydalanish mumkin.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |