close
Kontent qismiga oʻtish

Anortozit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Anortozit — gabbro guruhiga mansub magmatik togʻ jinsi. Asosli yoki oʻrta asosli plagioklazdan iborat. Tarkibida olivin, piroksen magnetit boʻladi. Oq, kulrang, toʻq kulrang, qoramtir rangli boʻladi. Anortozitlar plagioklazning tarkibiga qarab, labradoritlar, bitovnititlar, anortitli anortozitlarga boʻlinadi. Anortozit Ukrainada Volin, Rossiyada Kola yarim orolda bor. Anortozit fizik, kimyoviy nurashlarga chidamli boʻlganidan haykallar yasash, imoratlarni, metropolitenlar va yodgorliklarni bezashda qoplama material sifatida ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil