Ayumaa
|
| |
| Turi |
torli cholgʻu asboblari |
|---|---|
| Oʻxshash asboblar | |
|
Arfa | |
Ayumaa (abxazcha: аҩымаа – burchakli arfa) – abxazlarning arfaga oʻxshash, tirnab chalinadigan qadimiy musiqa asbobi[1].
Uning uzunligi 700 mm, balandligi 500 mm boʻlib, u bir butun yogʻochdan yasaladi. Kosaning ichi oʻyilib, ustki qismiga yupqa qopqoq oʻrnatiladi. Ayumaa dastlab 14 ta ot yoli va dumidan tayyorlangan torlarga ega boʻlgan va ijrochi oʻz ovoziga joʻr qilish uchun ishlatgan. Bugungi kunda ayumaa qayta ishlanib, nona intervali kengligidagi xromatik tovushqatorga ega boʻlgan va unga 15 ta ipak tor tortilgan[2][3].
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gruziya olimlarining kuzatishlariga koʻra, arfaning abxazcha nomi ayumaa va uning „ikki qoʻlli“ degan maʼnoni bildirib, xuddi inson qoʻliga oʻxshashi taʼkidlab oʻtilgan[4]. Aynan shu xulosani abxaz musiqashunoslari, osetin va svanlar ham berishgan[5][6].

Abxaz arfasi 9, 11, 14 va hatto 18 torli boʻlishi mumkin edi, bu faqat abxaz xalq anʼanalari cholgʻu asboblarining doimiy hajmini bilmaganligini anglatadi, chunki ayumaa chalishning ijrochilik anʼanalari xalq orasida yaxshi oʻrganilmagan[7].
Abxaziyada hukmdorlarning saroy musiqachilariga tegishli boʻlgan arfalar butparastlarning ziyoratgohlarida sigʻinish bilan bogʻliq muqaddas narsalar sifatida saqlangan[8].
Anʼanaviy madaniyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ayumaa asosan rkestr joʻrligida ijro etiladigan cholgʻu boʻlib, uning sadosida tarixiy va harbiy qoʻshiqlar ijro etilgan.
Bunday cholgʻu asbobini marosimlarda ijro etilganda Abxaziyaga tashrif buyuruvchi yoshlarning eʼtiborini tortdi, uning ijrosida raqsga tushishdi, acharpin, ayumaa, ahymaa yoki apxyartsa[9] oʻynab zavqlanishdi.
Musiqiy guruhlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abxaziyada ayumaada kompozisiyalarni ijro etadigan koʻplab xalq cholgʻu ansambllari mavjud[10]. Eng mashhur „Gunda“ ansambli orkestrlarida xalq cholgʻu asboblari sanalgan ayumaadan foydalanishadi[11].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Народные музыкальные инструменты Абхазии“. abhazia.pro. 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-aprel.
- ↑ I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.
- ↑ I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.
- ↑ Рахно Константин Юрьевич. Арфа Сырдона: закавказские параллели // Известия СОИГСИ. — 2018. — С. 38–49.
- ↑ Зо^^з^бд Эббббб. Зб6б^д^д&о. 3. Ьб^Ь^бо ^¿фЭ^^дЭд&о ЬоЭд&обб Ь^зббзшб ЗдЬбЬдй. ЭбЬб^д&о ^¿¿бшзд^гоЬ дшб^^бб^ооЬбшзоЬ. ш&о^оЬо: Эд@бод6д&5,. XXIII. 249-354. (на грузин. яз.), 1987..
- ↑ Хашба И.М.. Из музыкальной культуры абхазов // Современное абхазское село: Этнографические очерки., 1967 — 72-bet.
- ↑ Алборов Ф.Ш.. Музыкальная культура осетин, Владикавказ, 2004 — 152-bet.
- ↑ Санакоев М.П.. Некоторые вопросы источниковедения истории осетинского народа., Цхинвали, 1979 — 99-bet.
- ↑ Анкваб Марина Фѐдоровна. Роль традиции гостеприимства в народной педагогике абхазов // Историческая и социально-образовательная мысль. — 2015. — Т. 7, вып. 6—2. — С. 226–231. — ISSN 2075-9908. Архивировано 17 aprel 2021 года.
- ↑ „Ачамгур и апхиарца - все, что нужно детям Хуапа“ (ru). Sputnik Абхазия (2016-yil 17-may). 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-aprel.
- ↑ „"Сестры нартов" отметили юбилей: 40 лет ансамблю "Гунда"“ (ru). Sputnik Абхазия (2017-yil 12-dekabr). 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-aprel.