Hedvig Lindahl
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Rut Hedvig Lindahl | ||
| Tavallud sanasi | 1983-yil 29-aprel | ||
| Tavallud joyi |
Katrineholm,, | ||
| Boʻyi | 1.79 m | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Atlético Madrid | ||
| Raqami | 1 | ||
Rut Hedvig Lindahl (1983-yil 29-aprelda tugʻilgan) — shved futbolchisi, Atletiko Madrid va Shvetsiya terma jamoasi darvozaboni.2004, 2005 va 2009-yillarda Shvetsiyada yilning eng yaxshi darvozaboni boʻlgan.
Dastlabki karyera
[tahrir | manbasini tahrirlash]13 yoshida u professional futbolchiga aylandi. Bungacha u Groppthorps va Baggethorps yoshlar klublarida oʻynagan. U oʻz faoliyatini hujumchi sifatida boshlagan, ammo keyinchalik darvozabonga oʻzgartirgan[1].
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1996-yildan beri u professional futbol klublarida oʻynagan. 2001-yilda u Malmyo futbol klubiga oʻtdi[1]. U bu jamoadagi faoliyatini 2003-yilda yakunlab, FC Linköpingga oʻtdi. Hedvig 2004-yildan 2009-yilgacha Linköpingda besh mavsum oʻynagan. 2009-yildan 2010-yilgacha Goteborg futbol klubida oʻynagan. Ammo 2010-yilgi mavsumdan soʻng jamoa bosh murabbiyi Torbyorn Nilsson futbolchi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi va 2011-yilda Lindal Kristianshtad klubiga oʻtdi[2].
Xalqaro karyera
[tahrir | manbasini tahrirlash]2002-yildan beri Shvetsiya terma jamoasida asosiy tarkibdaoʻynab kelmoqda[3]. 2005 va 2009-yillardagi Yevropa chempionatlari Shvetsiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan, shuningdek 2003, 2007 va 2011-yillardagi jahon chempionatlari, hamda, 2004, 2008 va 2012-yillardagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida terma jamoaning asosiy darvozaboni boʻlgan.
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Linköping
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shvetsiya kubogi sohibi (2): 2006, 2008
- Jami: 2 ta kubok
Chelsea
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Superliga 1 chempioni: 2015 yil
- Angliya kubogi gʻolibi : 2015 yil
- Jami: 2 ta kubok
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sabine Willms bilan 2011-yildan beri oila qurishgan[4]. 2014-yilda juftlik Timoti (Timoti) ismli oʻgʻil koʻrdilar. 2017-yil yanvar oyida juftlik ikkinchi oʻgʻil farzandni koʻrishdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 „Hedvig Lindahl“ (sv). Svenskdamfotboll.com (2006-yil 21-mart). 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-may 2013-yil.
- ↑ Lindmark, Stig „Hedvig Lindahl stortrivs i Kristianstad“ (shvedcha). Шведский футбольный союз (11-may 2011-yil). 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-may 2013-yil.
- ↑ „Damlandslagsspelare 1973–2012“ (shvedcha). Svenskfotboll.se. 31-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-may 2013-yil.
- ↑ „Hedvig drömmer om OS-guld“ (shvedcha). Hemmets Journal (24-iyul 2012-yil). 26-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-may 2013-yil.
