close
Kontent qismiga oʻtish

Murom

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Murom — RF Vladimir viloyatidagi shahar. Oka daryosining chap sox.ilidagi pristan. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 104 ming kishi (2025). M. muhim sanoat markazi. Mashinasozlik (teplovoz, elektrovoz, „Oka“ sovitkichlari), radio (radiola, avtomobillar uchun radiopriyomniklar, elektr musiqa asboblari), yogʻochsozlik (faner kombinati), zigʻir tola, yigiruv-toʻquv, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Tibbiyot va pedagogika bilim yur-tlari, Vladimir-Suzdal tarixiy-meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasining fili-ali, tasviriy sanʼat akademiyasi, I.S.Kulikov uy-muzeyi bor. XII asr oʻrtalaridan XV asrning boshlarigacha Murom knyazligining markaziy shahri. 1778-yildan uyezd shahri. M.da XVI—XIX asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklardan Kosma va Damian cherkovlari (XVI asr), Troitsk monastiri (XVII asr) saqlanib qolgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil