close
Kontent qismiga oʻtish

Somnambulizm

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Somnambulizm (lotincha: somnus uyqu va ambulo – yurmoq, lunatizm) – uyquda yurish, bunda bemor uyquda odatdagi harakatlarni gʻayriixtiyoriy bajaradi (mas, yuradi, kiyinadi, buyumlarini olib taxlaydi) va yana oʻrniga yotib uyqusini davom ettiradi. Kuchli tovush yoki biror taʼsirlovchi yordamida uygʻotilsa, u darrov oʻziga keladi va qilgan xatti–harakatlarini mutlaqo eslay olmaydi. Bunga oʻxshash holat epilepsiyada ham kuzatiladi, shu bois uni somnambulizmdan farqlash lozim. Somnambulizm juda charchab qolganda, astenik nevrozlarda, mstermyada, ogʻir kasalliklardan tuzalayotganda paydo boʻlishi mumkin. Somnambulizm uyqu paytida markaziy nerv sistemasining tormozlanishi miyaning harakat funksiyasini belgilaydigan sohasiga tarqalmaganda roʻy beradi. Notoʻliq, yuzaki tormozlanishga uxlab yotgan odamning tushida gapirishi, oʻrnidan turib oʻtirishi misol boʻla oladi. Biroq ancha roʻyirost buzilishlar somnambulizm deb ataladi. Bunda uxlab yotgan odam oʻrnidan turib, maqsadsiz yuradi yoki koʻrgan tushiga qarab harakat qiladi, ertalab uyqudan turgach, buni zoʻrga eslaydi yoki butunlay eslay olmaydi. Somnambulizmga uchragan isterik tabiatdagi odam boʻlgan voqeani lof urib gapiradi. Somnambulizm xurujlari paytida uyqudagi odam yiqilib tushishi, jarohatlanishi mumkin, Somnambulizm shundagina u uygʻonib ketadi. Baxtsiz hodisa roʻy bermasligi uchun Somnambulizmga uchragan kishi yotgan uyning derazalari va eshiklarini yopib, elektr asboblarini oʻchirib qoʻyish lozim. Somnambulizm bilan kasallangan odamni xuddi uxlab yotgan odamni uygʻotgandek ohista, past ovoz bilan uygʻotish lozim. Somnambulizmga mubtalo boʻlgan odam oʻzini tekshirtirishi va davolanishi kerak.