close
Kontent qismiga oʻtish

Suvaysh

Suvaysh
29°58′0″N 32°32′0″E / 29.96667°N 32.53333°E / 29.96667; 32.53333
Suvaysh xaritada

Suvaysh — Misrdagi shahar, Suvaysh muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 417,6 ming kishi (1990-yillar oxiri). Suvaysh kanalidan Qizil dengizga chiqish joyidagi port. Xalqaro ahamiyatga ega savdotranzit markazi. Neft kimyosi va neftni kayta ishlash, sement, oziqovqat sanoatlari, kemasozlik va kema taʼmirlash korxonalari bor. Hozirgi S. yaqinida mil. av. II asrda Nil daryosini Qizil dengiz bilan bogʻlovchi kema qatnaydigan kanal kurilgan. Qadimda S. (yun. Klizma) savdo markazi sifatida mashhur boʻlgan. S.ning rivojlanishi 1869-yildan Suvaysh kanali kurilishi bilan jadallashdi.