close
Kontent qismiga oʻtish

Toʻp

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Toʻp — toʻgʻri trayektoriya boʻylab quruqlik va suvdagi nishonlarga yoki havodagi nishonlarga zarba beradigan artilleriya quroli. Zambarak T.lari kalibri 20–210 mm, stvolining uz. 40 —80 kalibr, otish masofasi 35 km va undan ortiq; T. bn quruqlikdagi qoʻshinlar, tanklar, samolyotlar, kemalar, qirgʻoq artilleriya qismlari va boshqa qurollangan. Qirgʻoq qoʻshinlari tarkibidagi koʻpgina zamonaviy T. oʻziyurar boʻladi; baʼzi kemaga oʻrnatilgan T.lar dengizdagi, qirgʻoqdagi yoki havodagi nishonlarga zarba beradigan universal boʻladi (yana qarang Artilleriya).[1]

  1. „Toʻp“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (T-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.