Toʻngʻiz
| Toʻngʻiz Qazilma davri: Erta Pleystotsendan–hozirgacha | ||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||
| ||||||||||||
| Sus scrofa | ||||||||||||
Toʻngʻiz, choʻchqa (lotincha: Sus scrofa) — sut emizuvchilar sinfining juft tuyoqlilar guruhiga kiradigan hayvon. Toʻngʻiz (yovvoyi choʻchqa) ancha yirik hayvon, tanasining uzunligi 180sm dan 2 m gacha, vazni 240–300 kg keladi. U Yevropa va Osiyo qitʼasida tarqalgan. Oʻzbekistonda togʻli joylarda va toʻqaylarda uchraydi. Gavdasi katta, boʻyini yoʻgʻon, boshi oʻrta hol, tumshigʻi konus shaklli koʻndalangdan kesilgan boʻlib keladi. Uchida juft tuyogʻi bor, oyogʻi baquvvat, ikklasi yaxshi etilgan toʻrtta barmogʻi boʻladi. Qulogʻi katta va yalpoq, koʻzi kichkina. Gavdasini qalin junli. Olatining orqa tarafida yoli boʻladi. Jinsiy tarafidan 18 — 20 oyda voyaga etadi. Kuylaydigan vaqti avgustning oʻrtasidan dekabrgacha davom etadi. Onaligi (megajinі) 4 — 10 gacha tugʻadi. Tishlari koʻp. Qorini yetilmagan, kavish qaytarmaydi. Ozuqa tanlamaydigan hayvon, erni kovalab qurt-qumursqa, oʻsimlik ildizlari va kichkina sichqonlar bilan ovqatlanadi. Toʻngʻiz — kasibiy zaruri bor hayvon, goʻshti, terisi, junlaridan foydalanadi. Oʻrtacha hisob bilan Toʻngʻiz 50 kg goʻsht qiladi, 10 kg moy, 250 dm2 teri va junlari 0,5 kg
Toʻngʻiz Shimoly Afrika bilan Evrosiyoda tarqalgan, MDH hududida, Boltiq qirgʻoqlaridan Sharqgacha uchratish mumkin. Erkaklarining ozuqa tishlari kattakon va yuqori, sirtiga chiqib turadi. Gavdasini jun bosgan. Voyaga etgan toʻngʻizlarning ranggi qoʻngʻir boʻladi. Toʻngʻiz bolalarining juni yoʻl-yoʻI boʻlganidan ularni oʻtlar orasidan urgʻochilari oson topib oladi. Toʻngʻiz bolalan biror xavf tugʻilganida qattiq chiyillaydi va kattalari ularni himoya qilish uchun tashlanadi. Katta toʻngʻizlarning uzunligi 2 m, salmogʻi 300 kg. Jamoat boʻlib yashashadi. Kuylash vaqtida, alohida yashashadi. Oʻrtacha 4-6 toʻngʻizcha tugʻadi. Uy choʻchqasining tugʻishganlari.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vavilov M. P. Oxota v Rossii vo vsex eyo vidax. — M.: Tipografiya F. Ioganson, 1873. — 224 s.
- Cherkasov A. Zapiski oxotnika Vostochnoy Sibiri (1856—1863). Izdanie 1-e. — SPb.: Izd-vo S. V. Zvonareva, 1867. — 707 s. (Cherkasov A. A. Zapiski oxotnika vostochnoy sibiri. — M.: Izdatelstvo: Fizkultura i sport, 1990. — 575 c.)
- kn. A. Urusov, „Oblavnie oxoti na kopitchatix zverey“ („Priroda i Oxota“, 1883 IV), Vernenskiy Grajdanin (B. Karpov), „Mantik — istrebitel tigrov“ (tam je, 1880 X)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Pozvonochnie jivotnie Rossii: Kaban (Wayback Machine saytida 2017-03-29 sanasida arxivlangan)