close
Kontent qismiga oʻtish

Alvaro Morata

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Alvaro Morata
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Álvaro Borja Morata Martín[1]
Tavallud sanasi 1992-yil 23-oktyabr (1992-10-23) (33 yosh)[2]
Tavallud joyi Madrid, Ispaniya
Boʻyi 1.90 m[2]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
AC Milan
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2007 Atletiko Madrid
2007—2008 Getafe
2008—2010 Real Madrid
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2013 Real Madrid B 83 (45)
2010—2014 Real Madrid 37 (10)
2014—2016 Juventus 64 (15)
2016—2017 Real Madrid 26 (15)
2017—2020 Chelsea 47 (16)
2019—2020   Atlético Madrid 49 (18)
2020—2024 Atlético Madrid 68 (28)
2020—2022   Juventus 67 (20)
2024—h.v. AC Milan 15 (5)
Milliy terma jamoa
2009 Ispaniya U-17 6 (2)
2010 Ispaniya U-18 2 (3)
2010—2012 Ispaniya U-19 13 (11)
2013—2014 Ispaniya U-21 13 (13)
2014— Ispaniya 84 (37)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Alvaro Borxa Morato Martin (ispancha: Álvaro Borja Morata Martín; 1992-yil 23-oktyabrda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, Milan va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi.

2008-yili Real Madrid Alvaroni Xetafening yoshlar jamoasidan sotib oldi va Real Madridning „Juvenil C“ jamoasi tarkibiga qoʻshildi. 2009-yil noyabr oyida „Juvenil“larning barchasida (A, B va C) va „Real Madrid C“ jamoasida ketma-ket oʻyinlarida ishtirok etdi. 2010-yil iyul oyida „Juvenil A“ jamoasida oʻtkazgan muvaffaqiyatli ishtiroki (ikkita titul va 34 ta gol) natijasida Real Madrid Kastilya jamoasiga oʻtkazildi. Keyinchalik Real Madrid bosh murabbiyi Jose Mourinho uni va toʻrtta klubdoshini AQShga mavsumoldi safarga olib ketdi.
2010-yil 15-avgustda Alkorkon jamoasi bilan boʻlgan oʻyinda Real Madrid Kastilya safida debyutini oʻtkazdi. Ligada esa shu yilning 29-avgustida „Korusho“ bilan boʻlgan oʻyinda debyut qildi. Birinchi golini 31-oktyabr kuni „Alkala“ darvozasiga kiritdi[3].
2010-yil 12-dekabrda Realning birinchi jamoasi safida ilk oʻyinda Saragosaga qarshi 89-daqiqada Angel di Maria oʻrniga maydonga tushdi. Oʻn kundan soʻng, Qirollik kubogi oʻyinlarida ham Levantega qarshi (8:0) debyutini nishonladi. 2011-yilning yanvarida Gonzalo Higuaín jarohat olganidan soʻng, Alvaroni koʻpchilik mutaxassislar asosiy tarkibga qoʻshiladi degan fikrlar bergandilar. Ammo Mourinho bu tanlovdan voz kechdi. Oʻsha kezlarda Morata 4 ta oʻyinda ketma-ket 5 ta gol urishga muvaffaq boʻlgandi, lekin jamoa Emmanuel Adebayor bilan shartnoma imzoladi. 13-fevral kuni u faoliyatidagi birinchi xet-trigini „Deportivo B“ga qarshi kechgan uchrashuvda nishonladi.
2012/13 mavsumdan boshlab, Morata asosiy jamoaning tarkibiga qoʻshildi va mavsumoldi oʻtkazilgan oʻyinlarda ishtirok etdi
2012-yil 11-noyabr kuni Ispaniya chempionatining 11-turida „Levante“ga qarshi kechgan mehmondagi uchrashuvda maydonga 83-daqiqada tushib, ikki daqiqa oʻtmasdan hal qiluvchi golini urib, oʻzining chempionatdagi birinchi golini urishga muvaffaq boʻldi. „Real“ oʻsha oʻyinda 1:2 hisobida gʻalaba qozondi[4].

Terma jamoadagi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yili Morata 17 yoshgacha oʻtkazilgan jahon chempionatiga chaqirildi, u yerda 4 ta oʻyinda 2 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Ispaniya federatsiyasi Yaponiyada oʻtkazilgan 19 yoshgacha xalqaro turnirga Alvaroni ham chaqirdi[5]. Ushbu turnirda uning jamoasi Yaponiyaga gʻalabani boy berib, ikkinchi oʻrinni egallashdi.

Ishtirok etish statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
match played 22 January 2025
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok[a] Liga kubogi[b] Yevropa Boshqa Umumiy
DivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Real Madrid Castilla 2010–11[6] Segunda División B 26142[izoh 1]12815
2011–12[7] 33154[izoh 1]33718
2012–13[8] Segunda División 18121812
Jami 7741648345
Real Madrid 2010–11[9] La Liga 10100020
2011–12[10] 1000000010
2012–13[11] 122201[izoh 2]000152
2013–14[12] 238605[izoh 2]1349
Jami 37109061005211
Juventus 2014–15[13] Serie A 2984212[izoh 2]51[izoh 3]04615
2015–16[14] 347538[izoh 2]2004712
Jami 631595207109327
Real Madrid 2016–17[15] La Liga 2615529[izoh 2]33[c]04320
Chelsea 2017–18[16] Premyer-liga 311162317[izoh 2]11[izoh 4]04815
2018–19[17] 16512204[izoh 5]21[izoh 4]0249
Jami 47167451113207224
Atlético Madrid (ijara) 2018–19[18] La Liga 156002[izoh 2]0176
2019–20[19] 3412008[izoh 2]32[izoh 6]14416
Jami 491800103216122
Juventus (ijara) 2020–21[20] Serie A 3211328[izoh 2]61[izoh 3]14420
2021–22[21] 359517[izoh 2]21[izoh 3]04812
Jami 672083158219232
Atlético Madrid 2022–23[22] La Liga 3613425[izoh 2]04515
2023–24[23] 32155110[izoh 2]51[izoh 6]04821
Jami 682893155109336
AC Milan 2024–25[24] Serie A 155005[izoh 2]12[izoh 3]0226
Umumiy faoliyat statistikasi 4491674717519131196611223
  1. Includes Copa del Rey, Coppa Italia and FA Cup
  2. Includes EFL Cup
  3. One appearance in UEFA Super Cup, two appearances in FIFA Club World Cup
  1. 1 2 Appearance(s) in Segunda División B play-offs
  2. 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 Appearance(s) in UEFA Champions League
  3. 1 2 3 4 Appearance(s) in Supercoppa Italiana
  4. 1 2 Appearance in FA Community Shield
  5. Appearance(s) in UEFA Europa League
  6. 1 2 Appearance(s) in Supercopa de España

Erishgan natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Real Madrid

Ispaniya yoshlar terma jamoasi

  • Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati bronza medali sohibi: 2009
  • 19 yoshgacha Yevropa chempioni: 2011

Ikkinchi qavatda yaxshi oʻynaydi, tez harakatlanadi va gol sezish qobiliyati kuchli. Morataning oʻynash uslubiga qarab, Real Madridning sobiq hujumchisi Fernando Morientesga ham koʻpchilik oʻxshatadi. Uzatma va zarbalarni hech qachon qoʻldan bermaydi. Gol urish uchun kerak boʻlsa tavakkal qiladi.

  1. „Acta del Partido celebrado el 12 de mayo de 2019, en Madrid“ [Minutes of the Match held on 12 May 2019, in Madrid] (es). Royal Spanish Football Federation. 2020-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-iyun.
  2. 1 2 „Álvaro Morata: Overview“. Premier League. 2020-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-fevral.
  3. El Alcorcón cae ante un buen Real Madrid Castilla
  4. Morata „Real“ga gʻalaba keltirdi![sayt ishlamaydi]
  5. Convocatoria Torneo Internacional de Japón Sub-19, 2011-07-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-07-24
  6. „Real Madrid Castilla matches 10/11“. BDFutbol. Qaraldi: 2017-yil 11-iyun.
  7. „Real Madrid Castilla matches 11/12“. BDFutbol. Qaraldi: 2017-yil 11-iyun.
  8. „Real Madrid Castilla matches 12/13“. BDFutbol. Qaraldi: 2017-yil 11-iyun.
  9. „Real Madrid matches 10/11“. BDFutbol. Qaraldi: 2017-yil 11-iyun.
  10. „Real Madrid matches 11/12“. BDFutbol. Qaraldi: 2017-yil 11-iyun.
  11. „Real Madrid matches 12/13“. BDFutbol. Qaraldi: 2017-yil 11-iyun.
  12. „Real Madrid matches 13/14“. BDFutbol. Qaraldi: 2017-yil 11-iyun.
  13. „Games played by Alvaro Morata in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2017-yil 11-iyun.
  14. „Games played by Alvaro Morata in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2017-yil 11-iyun.
  15. „Games played by Alvaro Morata in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2017-yil 11-iyun.
  16. „Games played by Alvaro Morata in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2017-yil 27-sentyabr.
  17. „Games played by Alvaro Morata in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2018-yil 8-avgust.
  18. „Games played by Alvaro Morata in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 29-yanvar.
  19. „Games played by Alvaro Morata in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 15-avgust.
  20. „Games played by Alvaro Morata in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.
  21. „Games played by Alvaro Morata in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.
  22. „Games played by Alvaro Morata in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.
  23. „Games played by Alvaro Morata in 2023/2024“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  24. „Games played by Alvaro Morata in 2024/2025“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2024-yil 19-iyul.