Amirlik
Qiyofa
Amirlik — islom mamlakatlarida amir tomonidan boshqariladigan mulk, viloyat. Arab xalifaligi davrida bunday mulk boshligʻi xalifa tomonidan tayinlangan yoxud tasdiqlangan. Xalifalik parchalangach hamda XX asr gacha ham mustaqil, ham vassal mulklar A. deb atalgan (mas, Arabiston yarim oroldagi Najd, Shammor, Asir, hozirgi Birlashgan Arab amirliklari va boshqalar). Muayyan davlat bir-lashmasining A. deb atalishi shartli boʻlib, tarixshunoslikda qabul qilingan anʼanaga bogʻliq (mas, Buxoro amirligi).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Amirlik“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |