Azande
Qiyofa
Azande, Banda – Markaziy Afrikadagi yassi togʻlik. Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi va Sudan hududlarida, Kongo daryosi, Chad koʻli va Nil daryosi havzalari oraligʻidagi suvayirgʻich. Tokembriy davriga oid kristalli va metamorfik togʻ jinslaridan tuzilgan. Oʻrtacha balandligi 600–900 m (eng baland joyi gʻarbida – 1388 m). Boʻliq oʻtlar oʻsadi, onda-sonda barg toʻkuvchi oʻrmonlar uchraydi, daryo sohillari doim yashil oʻrmonlar bilan qoplangan. Oltin va olmos konlari bor.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |