Bahamra
Bahamra بحمرة | |
|---|---|
| Qishloq | |
| 35°27′54″N 36°1′53″E / 35.46500°N 36.03139°E | |
| Mamlakat | Suriya |
| Muhofaza | Latakiya |
| Okrug | Qardaha okrugi |
| Kichik tuman | Qardaha |
| Aholisi (2004) |
1 028[1] |
| Vaqt mintaqasi | UTCEET +2; +3 |
|
| |
Bahamra (arabcha: بحمرة, shuningdek Bhamra) Suriya shimoli-gʻarbidagi qishloq. Maʼmuriy jihatdan Latakiya muhofazasining Qardaha okrugi tarkibiga kiradi. Qishloq Qardaha yaqinida va Latakiyadan 29 kilometr (18 mi) sharqda joylashgan. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda Bahamra aholisi 1 028 kishini tashkil qilgan[1]. Qishloqning asosiy aholisi alaviylardir.
Britaniyalik anglikan missioner Samuel Lyde 1854—1859-yillar oraligʻida oʻzining Suriyadagi missiyasini Bahamra qishlogʻida tashkil etgan[2]. Missioner qishloqdan mulk sotib olib, oʻz maktabini ochgan. U yerda bir qator boshqa binolar qurgan hamda asosan mintaqadagi alaviylar orasida oʻz diniy qarashlarini yoyishga urinib koʻrgan[3]. Oʻz harakatlarida katta muvaffaqiyatga erisholmay, maktabni Amerika Presviterian missioneri R.J.Dobbsga topshirgan. Dobbs esa missiya ishini davom ettirgan[4]. 1860-yillarda maktab yopilgan. Biroq, Latakiyada ochilgan protestant oʻgʻil bolalar maktabi 1870-yilda Bahamraga koʻchirilib, u yerda 1876-yilgacha faoliyat olib borgan[5]. Qishloqdagi missionerlik faoliyati kamida 1913-yilga qadar davom etgan[6].
Mashhur shaxslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gʻozi Kanon — 1982—2002-yillarda Suriya maxsus xizmatlarining Livandagi rahbari boʻlgan[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 General Census of Population and Housing 2004. Syrian Central Bureau of Statistics (CBS). Latakia Governorate. (arabcha)
- ↑ Winter 2016, s. 121.
- ↑ Balph 1913, s. 35.
- ↑ Balph 1913, s. 36.
- ↑ Balph 1913, s. 47.
- ↑ Balph 1913, s. 146.
- ↑ Vloeberghs 2016, s. 80, note 176.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Balph, James McKinnis. Fifty Years of Mission Work in Syria: A Brief Compend of the Mission Work of the Reformed Presbyterian Church in Northern Syria, Asia Minor, and Cyprus. Pittsburgh: Murdoch, Kerr & Co., 1913.
- Winter, Stefan. A History of the 'Alawis: From Medieval Aleppo to the Turkish Republic. Princeton and Oxford: Princeton University Press, 2016. ISBN 9780691167787.
- Vloeberghs, Ward. Architecture, Power and Religion in Lebanon: Rafiq Hariri and the Politics of Sacred Space in Beirut. Leiden and Boston: Brill, 2016. ISBN 978-90-04-30582-3.
| Suriya geografiyasiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |