close
Kontent qismiga oʻtish

Bangaranga

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Bangaranga“
Dara singli
Chiqarilgan sanasi 2026-yil 2-mart
Janr
Davomiyligi 2:58
Qoʻshiq muallif(lar)i Darina Yotova, Anne Judith Wik, Cristian Tarcea, Dimitris Kontopoulos
Prodyuser(lar) Cristian Tarcea, Dimitris Kontopoulos
Dara singllari xronologiyasi
„This Is Me“
(2026)
Bangaranga
(2026)
„USK“
(2026)

Bangaranga“ — bolgariyalik xonanda Dara tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. Tarona 2026-yil 2-martda chiqarilgan boʻlib, unga Monoir prodyuserlik qilgan. Qoʻshiq Avstriyaning Vena shahrida boʻlib oʻtgan Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026da Bolgariya sharafini himoya qilgan hamda 516 ball toʻplab, tanlov gʻolibiga aylangan. Bu Bolgariya uchun tanlov tarixidagi birinchi gʻalaba boʻldi. Shuningdek, tarona 2017-yildan beri ham hakamlar, ham tomoshabinlar ovoziga koʻra birinchi oʻrinni egallagan ilk gʻolib asardir[1].

Qoʻshiq Avstriya, Bolgariya, Xorvatiya, Germaniya, Gretsiya, Isroil, Litva va Shvetsiya chartlarida birinchi oʻringa koʻtarildi. Shuningdek, u Finlandiya, Lyuksemburg, Shveysariya va Turkiya musiqa bozorlarida kuchli oʻnlikka kirdi hamda Billboard Global 200 chartida 90-oʻrinni egalladi.

Yaralish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Bangaranga“ Darina „Dara“ Yotova, Anne Judith Wik, Cristian „Monoir“ Tarcea va Dimitris Kontopoulos tomonidan yozilgan va bastalangan; oxirgi ikki muallif qoʻshiqning prodyuseri sifatida ham ishlagan. Tarona qisman Bolgariyaning Kukeri anʼanalaridan ilhomlangan holda yaratilgan[2]. Qoʻshiq nomi Yamayka patuasi tilida boʻlib, u „quvnoq tartibsizlik“ yoki „shovqin-suron“ deb tarjima qilinadi. Dara ushbu qoʻshiq matnini 2025-yilda oʻziga qoʻyilgan diqqat yetishmasligi va giperaktivlik buzilishi hamda doimiy xavotirni yengish maqsadida yozganini taʼkidlagan[3].

Musiqiy video va targʻibot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Bangaranga“ uchun K2ID Productions tomonidan ishlangan musiqiy video 2026-yil 18-martda Eurovision Song Contest rasmiy YouTube kanalida eʼlon qilindi.

Dara tanlov oldidan bir qator Eurovision partiyalarida qatnashdi. Jumladan, 2026-yil 21-martda Norvegiyaning Oslo shahridagi „Nordic Eurovision Party“da, 18-aprelda esa Ruminiyaning Buxarest shahridagi „Eurovision Pre-Party Bucharest 2026“ tadbirlarida chiqish qildi.

Tanqidiy qabul

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„The Daily Telegraph“ nashridan Neil McCormick qoʻshiqning oʻziga jalb qiluvchanligini yuqori baholadi[4]. „Vulture“ nashridan Jon O'Brien „Bangaranga“ni Eurovision 2026 taronalari ichida ettinchi oʻringa qoʻyib, uni Bolgariya uchun „mustahkam qaytish“ deb atadi. „The Times“ nashri vakili Ed Potton esa qoʻshiqni 25 ta finalchi orasida birinchi oʻringa loyiq koʻrdi[5].

Qoʻshiqning naqorati koʻplab tanqidchilar tomonidan „Schitt's Creek“ serialidagi „A Little Bit Alexis“ taronasiga qiyoslandi, kupletlari esa Alanis Morissettening „Uninvited“ asariga oʻxshatildi. BBC sharhlovchisi Mark Savage qoʻshiqni „aqldan ozdiradigan darajada joʻshqin va dadil“ deb taʼrifladi.

Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy saralash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dara Bolgariya milliy saralash bosqichida tomoshabinlar va hakamlar ovoziga koʻra gʻolib boʻldi. 28-fevral kuni boʻlib oʻtgan qoʻshiq tanlash bosqichida u uchta nomzod taronani ijro etdi. „Bangaranga“ ham hakamlar, ham tomoshabinlar ovozi boʻyicha birinchi oʻrinni egallabb, mamlakat vakili sifatida tanlandi.

Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026 Avstriya poytaxti Vena shahridagi „Wiener Stadthalle“ arenasida boʻlib oʻtdi. Dara 14-may kuni oʻtkazilgan ikkinchi yarim finalni ochib berdi va 278 ball toʻplab, birinchi oʻrin bilan finalga yoʻl oldi. Dara sahnada Fredrik Rydman va Keisha von Arnold xoreografiyasida toʻrt nafar raqqos hamrohligida chiqish qildi.

16-may kuni boʻlib oʻtgan finalda Dara 516 ball toʻpladi. U hakamlar hayʼatidan ham, tomoshabinlardan ham eng koʻp ovoz olgan holda Bolgariya tarixidagi ilk Eurovision gʻalabasini taʼminladi[6].

Chart (2026) Eng yuqori
oʻrin
Avstriya (Ö3 Austria Top 40) 1
Bolgariya Airplay (PROPHON) 1
Germaniya (Official German Charts) 1
Gretsiya International (IFPI Greece) 1
Litva (AGATA) 1
Shvetsiya (Sverigetopplistan) 1
Xorvatiya International (Top lista) 1
Finlandiya (Suomen virallinen lista) 2
Shveysariya (Schweizer Hitparade) 2
Lyuksemburg (Billboard) 2
  1. „Ποια είναι η εντυπωσιακή Ντάρα που θα εκπροσωπήσει τη Βουλγαρία στη Eurovision με τη συμμετοχή Έλληνα συνθέτη“ (el). Proto Thema (2026-yil 3-mart). Qaraldi: 2026-yil 17-aprel.
  2. Oltermann, Philip; Belam, Martin. „Bulgaria wins 70th Eurovision contest with Dara and Bangaranga“ (en-GB). The Guardian (2026-yil 16-may). Qaraldi: 2026-yil 16-may.
  3. Savage, Mark „Bangaranga! Bulgaria wins Eurovision - but UK comes last“. BBC (2026-yil 17-may). Qaraldi: 2026-yil 17-may.
  4. McCormick, Neil „Dara's mad banger gave Eurovision its bounce back“. The Daily Telegraph (2026-yil 17-may). Qaraldi: 2026-yil 17-may.
  5. Potton, Ed „Who should win Eurovision 2026? The finalists ranked“. The Times (2026-yil 15-may). Qaraldi: 2026-yil 17-may.
  6. Spivey, Matt; Burgess, Jack „Bulgaria wins Eurovision 2026 as UK comes last“. BBC News (2026-yil 16-may).
Oʻtmishdoshi:
„Wasted Love“JJ
Eurovision musiqiy tanlovi gʻoliblari
2026
Vorisi: