Bastardo
Qiyofa
Bastardo — Portugaliyadan keltirilgan vinobop uzum navi. Tupi oʻrtacha, baʼzan zaifroq oʻsadi. Uzum boshi silindr konussimon shaklda, kichik (boʻyi 8 — 12 sm, eni 6 — 8 sm), tigʻiz, bandi qisqa, vazni 90 — 120 g . Gʻujumi mayda (8 – 12 mm), dumaloq, qora, sershira, pusti pishiq. Faol harorat yigʻindisi 2900 — 3100° boʻlganda 145— 150 kunda pishadi. Sentabrning 2-yarmida yetiladi, tarkibidagi qand 28 — 32% ga yetadi. Hosiddorligi 100 — 120 s/ga. Sovuqqa chidami oʻrtacha. Kasallik va zararkunandalarga chidami past. Novdalari oʻrtacha uzunlikda kesilib, kamroq qoldiriladi. B. bilan Saperavi navini chatishtirib chiqarilgan Magarach bastardosi navi (I. V. Papanov) koʻproq ekiladi (qarang Tok.).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |