close
Kontent qismiga oʻtish

Frida Boccara

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Frida Boccara
Frida Boccara 1970-yilda
Frida Boccara 1970-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Danielle Frida Hélène Boccara
1940-yil 29-oktyabr (1940-10-29) (85 yosh)
Kasablanka, Fransiya Marokashi
(bugungi kunda Marokash Qirolligi)
Kelib chiqishi yakkaxon xonanda
Vafoti 1-avgust 1996-yil
Parij, Fransiya
Janrlar Shanson, Fransuz jazzi, xalq musiqasi
Faoliyat yillari 1959–1996-yillar
Leybllar
Fuqaroligi Marokash va Fransiya
Veb-sayt http://yvettes.blog4ever.com/blog/index-70785.html

Danielle Frida Hélène Boccara (1940-yil 29-oktyabr — 1996-yil 1-avgust) — kelib chiqishi italiyalik boʻlgan fransuz xonandasi. U bir qancha tillarda, jumladan, fransuz, ispan, ingliz, italyan, nemis, niderland va rus tillarida qoʻshiqlar yozgan va ijro etgan.

Boccara Marokashning Kasablanka shahrida tugʻilgan. Uning oilasi italyan millatiga mansub yahudiylar boʻlib, Marokashga koʻchib kelishdan avval Tunisda yashagan[1]. U 17 yoshida Kasablankadan Parijga (Fransiya) koʻchib oʻtadi va keyinchalik bu yerda xonanda sifatida oʻzining ijodiy faoliyatini boshlaydi. Shuningdek, Boccaraʼning shou-biznes sohasida faoliyat yurituvchi aka va opasi ham boʻlgan — bular bastakorlar Jean-Michel Braque (asl ismi Roger Boccara) va Lina Boccara edi[2].

1964-yilda Boccara „Autrefois“ („Oʻtmishda“) qoʻshigʻini Eurovision qoʻshiq tanlovining Fransiya saralash bosqichiga taqdim etgan, biroq uning bu urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Besh yil oʻtgach, Ispaniyaning Madrid shahrida boʻlib oʻtgan Eurovision 1969 qoʻshiq tanlovida u Émile Stern musiqasi va Eddy Marnay matni asosida yaratilgan „Un jour, un enfant“ („Bir kun, bir bola“) taronasini ijro etib, Fransiya sharafini himoya qilgan[3]. Uning qoʻshigʻi Niderlandiya, Buyuk Britaniya va Ispaniya taqdim etgan taronalar bilan birgalikda birinchi oʻrinni boʻlishib olgan va bu Eurovision tarixida bir nechta mamlakat gʻolib deb eʼlon qilingan ilk va yagona holat edi.

Qoʻshiqlar muallifi Eddy Marnay uning asosiy ijodiy hamkori edi (Boccara ijro etgan qoʻshiqlarning aksariyat muallifi aynan u boʻlgan). Shuningdek, xonanda Jacques Brel, Georges Brassens, Charles Aznavour, Émile Stern, Michel Legrand, Michel Magne, Nino Rota va Mikis Theodorakis kabi ijodkorlar tomonidan bastalangan taronalarni ham kuylagan.

1968-yilda yozilgan „Cent mille chansons“ („Yuz ming qoʻshiq“) taronasi xonandaga oltin disk taqdim etgan boʻlsa, „Un jour, un enfant“ (1969) platina diskka, 1971-yildagi „Pour vivre ensemble“ („Birga yashash uchun“) asari esa navbatdagi oltin diskka loyiq koʻrilgan. Xonandaning boshqa mashhur taronalari sirasiga „Cherbourg avait raison“ (1961), „Aujourd’hui“ (1965), „Les moulins de mon cœur“ (1969), „L’enfant aux cymbales“ (1969), „Belle du Luxembourg“ (1969), „La croix, l'étoile et le croissant“ (1970), „Venise va mourir“ (1970), „Trop jeune ou trop vieux“ (1971), „Valdemosa“ (1976), „L’année où Piccoli jouait Le choses de la vie“ (1978), „Un monde en sarabande“ (1979) va „La prière“ (1979) kabi kompozitsiyalar kiradi. 1960-yillarning oxirlarida u „West Side Story“ („Gʻarbiy tomon hikoyasi“) musiqiy teatridagi „Somewhere“ taronasining fransuzcha versiyasi boʻlgan „Un pays pour nous“ qoʻshigʻini ham yozgan. Asl kuy muallifi Leonard Bernstein Boccara ijrosidagi talqinni oʻzining eng sevimli versiyasi deb eʼlon qilgan.

Keyingi yillar va vafoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boccara 1980-yilda „Un enfant de France“, 1981-yilda esa „Voilà comment je tʼaime“ taronalari bilan Fransiya milliy saralash bosqichlarida qatnashib, Eurovision sahnasiga qaytgan. Biroq har ikkala qoʻshiq ham tanlovdan oʻta olmagan. Sogʻligʻi yomonlashgan xonanda 1996-yilda Fransiyaning Parij shahrida, 55 yoshida oʻpka infeksiyasi sababli vafoti etgan[4].

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1959: „Baccara 9“ n° 17 (Turli ijrochilar termasi, EP) — Mes frères / La chanson d’Orphée
  • 1960: L’orgue des amoureux / Le doux caboulot (Mini-albom, Festival)
  • 1960: Verte campagne / Quand la valse est là / Le grand amour / Depuis ce temps-là (Mini-albom, Festival)
  • 1961: La Seine à Paris / Les amours du samedi / Les Bohémiens / Jenny (Mini-albom)
  • 1961: On nʼa pas tous les jours 20 ans / Berceuse tendre / Les nuits / Les yeux de maman (Mini-albom, Totem)
  • 1961: Cherbourg avait raison / Comme un feu / Un jeu dangereux / Tiens, c’est Paris (Mini-albom, Festival)
  • 1962: Les trois mots / Aujourd’hui je fais la fête / Je veux chanter / Je ne peux plus attendre (Mini-albom, Festival)
  • 1962: Le ciel du port / Les portes de l’amour / Ballade pour un poète / D’abord je nʼai vu (Mini-albom, Festival)
  • 1962: Un premier amour / Bruxelles / L’homme de lumière / Les Pas (Mini-albom, Festival)
  • 1962: Java des beaux dimanches / Les Javas / Rose de sang / Quien sabe (Qui peut savoir) (Mini-albom, Festival)
  • 1963: Moi je nʼavais pas compris / J’ai peur de trop tʼaimer / On les a attendus / Rien a changé (Mini-albom, Festival)
  • 1963: Souviens-toi des Noëls de là-bas / Donna / Johnny Guitar / Ballade pour notre amour (Mini-albom, Festival)
  • 1964: Autrefois / Chaud dans mon cœur / Le souffle de ma vie / Je suis perdue (Mini-albom, Festival)
  • 1965: Tous les enfants / Aujourd’hui / Plus jamais / Un jour (Mini-albom, Festival)
  • 1967: Frida Boccara (1961–1965-yillar termasi, Albom, MusiDisc)
  • 1969: Un jour, un enfant (Albom, Philips)
  • 1969: Les vertes collines (Albom, Philips, faqat Braziliyada chiqarilgan)
  • 1970: Au pays de l’arbre blanc (Albom, Philips)
  • 1971: Pour vivre ensemble (Albom, Philips)
  • 1971: Place des Arts 71 (Monrealdagi jonli ijro, qoʻshaloq albom, Philips; 2006-yilda faqat Kanadada CD formatida qayta nashr etilgan)
  • 1971: So ist das Leben / Er wird dir dankbar sein (Singl, Polydor, faqat Germaniyada chiqarilgan)
  • 1972: Rossini et Beaumarchais (Albom, Philips)
  • 1972: Greatest Hits (Terma albom, Philips, faqat Niderlandiyada chiqarilgan)
  • 1974: Je me souviens („Mia malinconia“ va „Je me souviens“ instrumental talqinlari, Federico Fellinining „Amarcord“ filmidan, Singl, Deram)
  • 1975: Oriundi (Albom, London)
  • 1976: Valdemosa — Oublier (Albom, Philips)
  • 1978: An Evening With Frida Boccara (Dallas Brooks Hall-dagi jonli ijro, Melburn, 2 ta valikli albom, Philips)
  • 1978: L’année où Piccoli jouait „Les choses de la vie“ (Albom, Philips)
  • 1979: Un monde en sarabande (Albom, Philips)
  • 1980: Un enfant de France / Écrit dans la pierre (Singl, Philips)
  • 1983: Dis-leur / Aime-moi (Singl, Kanadada — Kébec-Disc, Fransiyada — Ariola)
  • 1984: Cent mille chansons, Série grandes vedettes (Terma albom, Philips)
  • 1988: Témoin de mon amour (Albom, Productions Guy Cloutier, faqat Kanadada chiqarilgan)
  • 1989: Expression (Terma CD, Polygram, 23 ta trek)
  • 1993: Master série (Terma CD, Polygram, 16 ta trek, faqat Kvebekda chiqarilgan)
  • 1994: Un jour, un enfant (Terma CD, Spectrum Music / Karussell France)
  • 1997: Frida Boccara (Terma CD, Podis / Polygram France, 23 ta trek)
  • 1999: Un jour on vit (CD, Disques Yvon Chateigner)
  • 1999: Ses premiers successes (Terma CD, Disques Yvon Chateigner)
  • 2003: Canta en español (Terma CD, Divucsa Music SA, faqat Ispaniyada chiqarilgan)
  • 2005: Live Place-des-Arts de Montréal (CD, XXI-21 / Universal Canada, faqat Kanadada chiqarilgan)
  • 2006: Un sourire au-delà du ciel (CD, Édina Music — Nocturne)
  • 2007: La grande Frida Boccara, l’ultime compilation (Terma CD, XXI-21 / Universal Canada, 25 ta trek, faqat Kanadada chiqarilgan)
  • 2008: Un enfant de France (CD, Édina Music — Nocturne)
  • 2010: Les grandes années — 1972–1988 (3 ta CD dan iborat toʻplam, Marianne Mélodie)
  • 2010: Collection chanson française (Terma CD, Disques Mercury)
  1. „Фото: Жак Брель и Фрида Боккара“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-iyul.
  2. „Marianne Melodie“. 2012-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-aprel.
  3. „Frida Boccara: Un Jour, Un Enfant (1969)“. 2012-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-aprel.
  4. „Могила Фриды Боккара“. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-yanvar.
Mukofotlar va yutuqlar
Oʻtmishdoshi:
Ispaniya Massiel
bilan „La, la, la“
Eurovision qoʻshiq tanlovi gʻolibi
1969
(teng natija bilan Birlashgan Qirollik Lulu, Ispaniya Salomé & Niderlandiya Lenny Kuhr)
Vorisi:
Irlandiya Dana
bilan „All Kinds of Everything“
Oʻtmishdoshi:
Isabelle Aubret
bilan "La source"
Fransiya Eurovision qoʻshiq tanlovida
1969
Vorisi:
Guy Bonnet
bilan "Marie-Blanche"