Jeshuv
Qiyofa
Jeshuv — Polshaning jan.sharqidagi shahar. Vislok daryosi boʻyida. Jeshuv voyevodaligining maʼmuriy markazi. Aholisi 162 ming kishi (1999). Temir yoʻl tuguni. Mashinasozlik (jumladan avtomobil va aviatsiya dvigatellari i. ch.), oziq-ovqat (goʻsht va meva-konserva) sanoati korxonalari, texnik chinni zavodi, pedagogika instituti, Jeshuv oʻlkasi muzeyi bor. XV—XVIII asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. J.ga XIV asrda asos solingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |