close
Kontent qismiga oʻtish

Loladoshlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Loladoshlar — bir urugʻpallalar (lolasimonlar) sinfi (Liliaceae)ra mansub oila. Koʻpchiligi piyozchali va tugunakli koʻp yillik oʻtlar. Baʼzilari daraxtsimon oʻsimlik va lianalardan iborat. Bargi yaxlit, koʻpincha, nashtarsimon, baʼzan tuxumsimon. Guli koʻpincha, toʻgʻri, ikki jinsli, toʻpguli boshoqsimon, roʻvaksimon yoki shingilsimon, mevasi koʻsakcha. Barcha qitʼalarda tarqalgan. 10 turkum va 470 ga yaqin turi bor. Oʻzbekistonda tabiiy holda 4 turkumga mansub turlari usadi. Bularga lola, boychechak va boshqa kiradi.[1] BARGLARI ODDIY, BUTUN POYADA KETMA-KET JOYLASHADI. GULQOʻRGʻONI ODDIY. MEVASI KOʻSAK MEVA. BU OILA VAKILLARIDAN BIRI QIZIL LOLA. BOʻYI 25SM. MEVASI KOSAKCHA MEVA. QIZIL LOLA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIZIL KITOBIGA KIRITILGAN. ULARNING YURTIMIZDA 23 TURI MAVJUD.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil