close
Kontent qismiga oʻtish

Lyukarna

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Lyukarna (frans. lucarne, lotincha lux — yorugʻ) — binolardagi gumbaz va ravoqlarning derazasi. Doyra, yarim doyra, toʻgʻri burchakli, koʻpburchakli, oval va boshqa shakllarda boʻladi. Asosan, ichkarini yorugʻlik bilan taʼminlash uchun, shuningdek, bezak sifatida quriladi. L. Oʻzbekistondagi XIX—XX asrlarda Yevropa uslubida qurilgan binolar bezagida qoʻllangan (Toshkentdagi uy-joy qurilishi banki va boshqalar).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil