close
Kontent qismiga oʻtish

Miknas

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Miknas, Meknes, Miknas ulzaytun— Marokashning shim,-gʻarbiy qismidagi shahar, Oʻrta Atlas togʻlari etagidagi platoda joylashgan. Miknas viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 460 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Temir yoʻl stansiyasi, shosse yoʻllari tutuni. Mamlakat shim.gʻarbiy qismining muhim iqtisodiy va qishloq xoʻjaligi rayonining savdo markazi. Oziqovqat, toʻqimachilik, yogʻochsozlik sanoati korxonalari, sement zavodi mavjud. Hunarmandchilikda quyma sopol va teridan turli buyumlar tayyorlanadi. Musulmonlar sanʼati, xalq sanʼati muzeylari bor. Shaharga XI asrda barbarlar qabilasi tomonidan asos solingan. XVII—XVIII asrlarda mamlakat poytaxti boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklardan 13— XVIII asrlarda qurilgan Katta masjid va Madrasa, saroy saqlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil