close
Kontent qismiga oʻtish

Perkussiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Perkussiya (lot. percussio — tukillatish) — bemorning ichki aʼzolaridagi kasallikni aniqlash uchun qoʻllaniladigan fizik usul. Bemorlarning ichki organlariga bermoq yoki bolg’acha yordamida urib ko’rilib, bunda chiqadigan tovushga qarab, tekshirilayotgan aʼzoning ahvoli haqida fikr yuritiladi.Perkussiyaning 2 turi farqlanadi: bevosita va bilvosita. Bolalarda perkussiya kattalarninikidan biroz farq qiladi. Sababi bolalar ko’krak qafasining o’ziga xos anatomo-fiziologik xususiyatidir. Bunda asosan bolaning turgan holatda, ya‘ni ko’krak qafasining simmetrik joylashishiga ahamiyat berish kerak. Agar ko’krak qafasi notog’ri holatda bolsa, uning simmetrik sohalarida perkussiya tovushi bir xil bo’lmay, yanglish xulosaga kelib qolish mumkin. Hali boshini ushlamagan chaqaloqlarni qorni bilan yotqizib yoki bolani chap ko’lga olgan holdaperkussiya qilish mumkin. Bunda bola vrachning chap qo’lining kaftida ko’kragi bilan yotadi, vrachning katta barmog’i bolaning chap qo’ltiq osti chuqurchasida, ko’rsatkich barmogi ong o’mrov suyagi ustida va boshqa barmoqlari ko’krak qafasining yon tomonida bo’ladi. 1 - 2 yoshdagi bolalarni yaxshisi stolga qo’yilgan yostiqchaga yotqizib, katta bolalarni esa tik turgan holatda perkussiya qilish lozim. Bunda ko’krak qafasi perkussiya qilinganda kasalning qo’llari oldinga qovushtirilgan bo’lishi kerak va bemor oldinga ozgina egiladi. Ko’krak oldini perkussiya qilganda bola qo’llarini tushirish kerak, og’ir kasallarni o’tirgan holda perkussiya qilish mumkin. Perkussiya bilvosita yoki bevosita usullarda o’tkaziladi. Bilvosita perkussiya barmoqlarni barmoqqa urish yoli bilan o’tkazilib, bunda chap qo’lning o’rta barmog’i yoki plessimetr, tekshirilayotgan joyga yaxshnlab qo’yiladi. Perkussiya qilganda o’ng qo’lning o’rta barmog’i bilan o’riladi, bu barmoqbo’g’imlarida yarim buqilishi va boshqa barmoqlarga tegmasligi kerak. Perkussiya qisqa va faqat qo’lning barmoq qismi bilan bajarilishi shart. Bolaning Ko’krak qafasi elastikligini hisobga olgan holda perkussiya zarbi kuchli bo’lmasligi kerak. Perkussiya aniq ovozdan ovozning o’zgarishiga qarab baholanadi.Bevosita perkussiya ko’rsatkich va o’rta barmoqlar yordamida qovurg’alarga o’rib korish yo’lida o’tkaziladi. Perkussiya paytida bilakharakatlanmaydi, faqatgina tirsak va barmoqlar bo’g’imlari yordamida bo’ladi. Perkussiya yengil urish yo’li bilan o’tkazilishi kerak, chunki bunda xavoli joylardan havosiz joylarga o’tishni aniqlash oson bo’ladi.

Bolalar kasalliklar propedivtikasi