Sikhlar
Sikhlar — 1) Hindistondagi sikxizm tarafdorlari. Boburiylar bilan uzoq vaqt urushlar olib borishgan (XVII—XVIII asrning boshi) va Panjobda oʻz davlatini tuzishgan (1765—1849). S.ni tashqi koʻrinishiga qarab Hindistonning boshqa xalqlaridan ajratish oson. Erkaklari soqol oʻstiradi, sochlarini oldirmaydi. Sochlarini bosh kiyim — pagriy (salla)ga taroq bilan turmaklab qoʻyadilar, soqollarini iyaklariga oʻziga xos ravishda bogʻlab quyishadi. S. doimo taroq , bellariga xanjar (yoki qilich) va qoʻllariga bilaguzuk taqib yurishadi. S. — dehqonchilik, hunarmandchilik, temirchilik bilan shugʻullanadi, ayrimlari sanoatda band; 2) panjobilardan ajralib chiqqan xalq. Umumiy soni 16,7 mln. kishi (1990y.lar oʻrtalari), shu jumladan, Hindistonda 16,5 mln. kishi. S. panjobi tilida soʻzlashadi. Dindorlari sikxizmga eʼtiqod qiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |