Toledo
Toledo — Ispaniyaning markaziy qismidagi shahar. Tako daryosi boʻyida. Toledo provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi - 61 ming kishi (2000). Hunarmandchilik (metall buyumlar, korrida uchun anjomlar, keramika, ipak va jun gazlama tayyorlash)ning qadimgi markazi.
Qadimda T. karpetanlarning iberiy qabilasi manzilgohi boʻlgan, miloddan avvalgi II asrda uni rimliklar egallagan. VI asr oʻrtalaridan Vestgotlar davlati poytaxti. 1085-yilda Alfons VI tomonidan egallanib Kastiliya va Leon poytaxtiga aylandi. 1479-yildan birlashgan Ispaniya poytaxti. Arablar qoʻl ostida boʻlgan davrdan boshlab hunarmandchilikning, xususan, sovuq qurollar ishlab chiqarish. va teriga ishlov berish markaziga aylandi. 14— XV asrlarda movut, ipak matolar, keramika va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish ayniqsa rivojlandi. XVI asr oxiri va XVII asr boshlarida (poytaxt Madridga koʻchirilgach) T.ning iqtisodiy va siyosiy mavqei pasaydi.
Meʼmoriy yodgorliklardan Rim davrida qurilgan sirk krldiklari, akveduk, shahar darvozalari, cherkovlar, ratusha, sobor, koʻpriklar va boshqalar saqlangan. XX asrda T. qadimiy meʼmorlikning milliy qoʻriqxonasi deb eʼlon qilingan. Shahar oʻrta asr qiyofasini saqlab qolgan, zamonaviy qurilishlar qilinmaydi. Turizm rivojlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |