Zariya
Qiyofa
Zariya, Zaria — Nigeriya shimolidagi shahar. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 350 ming kishidan ziyod (1990y.lar oʻrtalari). Paxta yetishtiriladi va bu bo'yicha muhim savdo markazi. Paxta tozalash, toʻqimachilik, yogʻ, un tortish, tamaki korxonalari, temir yoʻl ustaxonalari, velosiped zavodi bor. Hunarmandchilik rivojlangan, turli buyumlar toʻqiladi, teri oshlanadi. Shaharga 1513-yilda Zariya davlati poytaxti sifatida asos solingan. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |