close
Kontent qismiga oʻtish

Kate Bush

Vikiiqtibosdan olingan
Shunchaki tirik boʻlishning oʻzi
haqiqatan ham ogʻriqli boʻlishi mumkin.
Bizga berilgan bu lahzalar
vaqtning sovgʻasidir.
Keling, shunchaki harakat qilib koʻraylik
Bu lahzalarni qaytarishga
biz sevgan insonlarga…

Catherine Bush CBE (tugʻilgan sana: 1958-yil 30-iyul) – ingliz ingliz qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi, musiqachi hamda musiqa prodyuseri. U John Carder Bush va Paddy Bushning singlisidir.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
Sanʼatkorlar mashhur qilinmasligi kerak.
Men uchun eng muhimi ruhga ega boʻlgan va oʻzining kimligini his qila oladigan shaxs boʻlishdir, boshqalar o'ylagandek emas.
Muhim insonlar – bu jarrohlar va shifokorlar hamda odamlarni tiklaydigan va ularning hayotiga haqiqiy taʼsir koʻrsatadigan kishilardir. Televizorda reklamada koʻrinadigan shaxslar emas. Albatta, bu ham oʻz oʻrnida ahamiyatga ega. Ammo nega shunchalik yuzaki narsalarga katta eʼtibor qaratiladi?
Agar insonlar mening qilgan ishlarimdan biror narsa bilan bogʻlay olsa, men bundan juda ham xursand boʻlaman. Agar ular qoʻshiqlar matnini notoʻgʻri eshitsalar yoki mazmunni boshqacha tushunsalar ham, bu meni bezovta qilmaydi. Menimcha, asarni dunyoga chiqarganingizda, buni qoʻyib yuborishni oʻrganish kerak.

80-yillar

[tahrirlash]

Sanʼatkorlar mashhur qilinmasligi kerak. Bilasizmi… ular shunchaki … shifokorlar yoki ruhoniylar kabi muhimdir … baʼzan esa unchalik muhim ham emas, ammo ularning atrofida deyarli ilohiy darajadagi ulkan nufuz yaratiladi. Faqatgina ularning sanʼati katta daromad keltirgani uchun. Shu bilan birga, bu majburiy ahamiyatdir – yaʼni futbol yulduzlari va teatr yulduzlari – bu sunʼiy ravishda yaratilgan boʻlib, ommaviy axborot vositalari undan foydalanadi.

    • Profiles in Rock intervyusi (1980-yil dekabr)
  • Bu erkak va ayol oʻrtasidagi munosabat haqida.
    Ular bir-birlarini juda yaxshi koʻradilar va munosabatning kuchi baʼzan muammolar keltirib chiqaradi.
    Bu ishonchsizliklarni yuzaga keltiradi.
    Gʻoya shundan iboratki, agar erkak ayol boʻla olsa va ayol erkak boʻla olsa, agar ular Xudo bilan kelishuv tuzib, oʻrinlarini almashtira olshsa. Uunda ular bir-birini yaxshiroq tushungan boʻlar edilar va ehtimol tushunmovchiliklar yoʻqolgan boʻlardi.
    Bilasizmi, barcha kichik muammolar – umuman muammo boʻlmas edi.
    • 1985-yilda „Running Up That Hill“ qoʻshigʻi haqida intervyu

90-yillar

[tahrirlash]
  • Men aslida shuni aytmoqchi edimki, erkak va ayol bir-birini toʻliq tushuna olmaydi, chunki ular erkak va ayoldir.
    Agar biz bir-birimizning rollarimizni almashtira olsak, yaʼni bir muddat bir-birimizning oʻrnimizda boʻlsak, menimcha, ikkalamiz ham bundan juda hayratda qolgan boʻlardik!
    …Va menimcha, bu yanada chuqurroq tushunishga olib keladi.
    Aslida buni amalga oshirishning yagona yoʻli sifatida men iblis bilan kelishuvni oʻylagan edim.
    Keyin esa: „nega Xudo bilan emas?“ deb oʻyladim.
    Chunki bu maʼlum maʼnoda yanada kuchliroq gʻoya edi – Xudodan siz bilan kelishuv tuzishni soʻrash.
    Aslida men uchun bu hanuz „Deal With God“ deb ataladi, bu uning dastlabki nomi edi.
    Ammo bizga aytishdiki, agar shu nom saqlansa, u diniy mamlakatlarda ijro etilmaydi: Italiyada ijro etilmaydi, Fransiyada ijro etilmaydi va |Avstraliyada ijro etilmaydi!
    Irlandiyada ham ijro etilmaydi va umuman olganda, nomida „God“ soʻzi boʻlgani uchun taqiqlanishi mumkin edi.
    • „[ [w:Running Up That Hill|Running Up That Hill (A Deal with God)] ]“ qoʻshigʻi haqida, Radio 1 Classic Albums intervyusi, Richard Skinner bilan (1992-yil 26-yanvar)

00-yillar

[tahrirlash]
  • Men ijodiy jarayonga kirishishim uchun tinch muhit zarur. Agar men sanoat ichidagi inson, yaʼni pop yulduzi sifatida yashaganimda, bu juda chalgʻituvchi boʻlardi. Bu koʻproq boshqalarning siz haqingizdagi tasavvurlari bilan bogʻliq boʻladi. Men uchun esa muhim narsa – bu inson boʻlish, yaʼni ruhga ega boʻlgan va oʻzining kimligini anglay oladigan shaxs boʻlishdir, boshqalar sizni qanday deb oʻylashidan qatʼi nazar.
    Va menimcha, bu juda mashhur boʻlib ketgan insonlar uchun juda qiyin masaladir. Mashhurlarga boʻlgan bu haddan tashqari qiziqish men uchun mutlaqo mantiqsizdir. Nega mashhurlar odamlar uchun shunchalik muhim? Bu mutlaqo asossizdir. Aslida muhim insonlar – bu jarrohlar va shifokorlar, yaʼni odamlarni tiklaydigan va ularning hayotiga haqiqiy taʼsir koʻrsatadigan kishilardir. Televizordagi reklamada koʻrinadigan insonlar emas. Albatta, bu ham oʻz oʻrnida maʼlum ahamiyatga ega. Ammo nega shunchalik yuzaki narsalarga katta eʼtibor qaratiladi?
    • The Mark Radcliff Show, BBC Radio 2 intervyusi (2005-yil 7-noyabr)\

Havolalar

[tahrirlash]
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor: