Homiylik
Homiylik — fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquq qamda manfaatlarini himoya qilishning huquqiy shakli. Homiylik 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarga, shuningdek, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan belgilanadi. Sogʻligʻining yomonligi sababli mustaqil ravishda oʻz huquqlarini amalga oshira olmaydigan va majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli shaxslarga nisbatan Homiylik shu shaxslarning iltimosiga binoan belgilanishi mumkin. Homiyning asosiy vazifasi homiylikka olinuvchining shaxsi va mulki yuzasidan gʻamxoʻrlik qilishdan, homiylikka olinuvchining manfaatlarini qoʻriqlashdan iborat. Binobarin, homiylilka oluvchi oʻziga ishonilgan mulkdan oʻzi uchun hech qanday foyda olmasligi lozim. U homiylikka olingan shaxsni asrash va uning mukini idora etish harakatinigina undirishga haqli. Umumiy qoida boʻyicha homiylik ishi tekin bajariladi. Homiylar oʻz himoyalaridagi shaxslarning huquq va manfaatlarini har qanday shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan, sudlarda ham maxsus vakolatsiz himoya qiladilar. Homiylik organi quyidagilardir: yosh bolalarga nisbatan — xalq taʼlimi boʻlimlari; ruhiy kasal va aqli zaiflarga nisbatan — sogʻliqni saqlash boʻlimlari; ijtimoiy kam taʼminlangan fuqarolarga nisbatan — ijtimoiy taʼminot boʻlimlari. Voyaga yetmagan bolalarga homiylik ularning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari boʻlmagan, ota-onasi sud tomonilan ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan taq dirda, shuningdek, bunday fuqarolar boshqa sabablarga koʻra ota-ona himoyasidan mahrum boʻlib qolgan, xususan, ota-ona ularni tarbiyalashdan yoxud ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlagan hollarda belgilanadi. Homiylikka homiy tayinlashga muxtoj boʻlgan shaxs yashayotgan joyda, tuman yoki shahar hokimining qarori bilan belgilanadi. Krnunchilikka koʻra, quyidagilar homiy qilib tayinlanishi mumkin emas: ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlar yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar; qonunda belgilangan gartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar; sobiq farzandlikka oluvchilar oʻz zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tovlayotgan yoki ularni lozim darajada bajarmayotganligi, ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilayotganligi, farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada boʻlayotganligi, ichkilik-bozlikka yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlganligi tufayli farzandlikka olish bekor qilingan boʻlsa; ruhiy yoki narkologik muassasalarda roʻyxatda turganlar; qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar. Homiylik bilan bogʻliq barcha huquqiy jihatlar Oʻzbekiston Respublikasining FK, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-sonli qarori bilan tas-diqlangan "Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisida Nizom"da oʻz ifodasini topgan. Mirodil Baratov.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |