close
Kontent qismiga oʻtish

Ossuriya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ingliz tilida xaritasi

Ossuriya — Mesopotamiyaning shimoliy-sharqiy yassi togʻligida, Dajla daryosining yuqori oqimida, miloddan avvalgi XX asrda boshlarida dastlab Ashshur shahar-davlati atrofidagi kichik hududlardan boshlangan davlat hisoblanadi.

Podsholik otadan bolaga oʻtgan hamda ular „Ishshakum“ deb atalgan. Lekin ularning hokimiyati cheklangan boʻlib deyarli diniy nazorat ishlari va u bilan bogʻliq qurilish ishlarini idora qilishgan. Muhim davlat ishlarini oqsoqollar kengashi hal qilgan. Bu kengash aʼzolari oʻzlarini „limmu“ deb ataganlar. Limmular boshqaruvi bir yil davom etgan va boshqarayotgan limmu boshqa limmular nazorati ostida boʻlgan. Boshqaruv davrida u xazinani boshqargan va u boshqargan bir yil uning nomi bilan atalgan. Bu odat ishshukumlarning toʻliq manarxiyaga oʻtgan davrida ham saqlani qolgan.

Ossuriyaning qadimgi aholisi Akkad hujjatlariga koʻra subariylar hisoblanadi[2]. Ammo keyinchalik Akkaddan koʻchib kelgan semit xalqlari bilan aralashib akkad yozuvi va tili rasmiy til boʻlib qolgan. Ashshur hukmdorlarining oʻsha davrdagi qisqacha yozuvlari akkad tilida yozilgani bundan dalolat beradi. Aholi asosan savdo-sotiq bilan shugʻillanishgan. Muhim savdo yoʻllari oʻtgan hududlarda ossuriyalik savdogar va sudxoʻrlar Kichik Osiyoga borib oʻz savdo kaloniyalariga asos solishgan. Bundan tashqari dehqonchilik bilan ham shugʻillanishgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida ziroatchilik qishloqlari topib oʻrganilgan.

Yuqorida aytilganidek ossuriyaliklar asosan savdo-sotiq bilan shugʻillanishgan. Ammo miloddan avvalgi XX asrga kelib ossuriyaliklar savdoda toʻsiqlarga duch kela boshladi. Frot daryosi havzasidagi Mari davlati yuksalib Ashshurning gʻarb savdosiga jiddiy toʻsiq boʻlgan boʻlsa Xettlar ossurlarni savdosini Kichik Osiyoda toʻxtatib qoʻygan. Aynan shu davrdagi Amoriy qabilalarining istilochilik yurushlari ham vaziyatni beqaror qilib Ossuriya savdosiga zarar yetkazgan.

Lekin miloddan avvalgi 1781-yillar atrofida vaziyat oʻzgardi. Amoriy qabilasi sardori Shamshi-Adad Ashshurni Yuqori Mesopotamiyadagi davlatining markaziga aylantiradi. Shu davrdan boshlab Ashshur Mesopotamiya shimolidagi istilochilik yurushlarinni boshlab yuboradi. Mari shaxrini boʻysuntirib, Karxemish bilan ittifoq tuzdi. Suriyaning ham bir qator shaharlarini bosib oldi hamda gʻarbdagi savdo vositachiligini oʻz qoʻliga oldi. Mamlakatda podsho mavqei kuchayib ketdi. Shamshi-Adad davlat boshqaruvini oʻz qoʻliga olib, mutloq hukmdor sifatida davlat va qoʻshin boshligʻi hamda sudya vazifalarini bajardi. Mamlakat hududi, aholisi viloyatlarga boʻlinib ularga noiblar tayinlandi. Miloddan avvalgi 1757-yilda podsho Ishme-Dagan (Shamshi-Adadning oʻgʻli) davrida Bobil hukmdori Hammurapi tomonidan bosib olindi.

Koʻp oʻtmay aniqrogʻI miloddan avvalgi 1740-yillar atrofida kassitlarnig Mesopotamiyaga hujumlari Ashshurda qisqa muddatga boʻlsada yana Shamshi-Adadning vorislari hukmronligiga zamin yaratdi. Shamshi-Adad sulolasining hukmronligi Ashshur tarixining eng yorqin davri deb tan olingan va keyinchalik Ossuriya podsholari roʻyhatiga kiritilgan.

Miloddan avvalgi 1500-yillarda Mitanni davlati Shimoliy Suriya hududlarini bosib oladi. Zaiflashgan Ossuriya esa Mitanni hokimiyatini tan olishga majbur boʻladi. Mitannining tazyiqiga qarshi Misr bilan diplomatic aloqa oʻrnatadi. Ammo miloddan avvalgi XV asrda Ashshur Mitanni podshosi Shaushtatar tomonidan istilo qilinadi. Uning gʻarb bilan savdosi butunlay toʻxtatiladi. Keying asr boshlarida Mitanniga qarshi Bobil bilan yaqinlashishga harakat qiladi. Lekin Bobil hukmronligini tan olishga majbur boʻladi. Shunday qilib Ossuriya Mitanni zulmidan ozod boʻlib Bobil tasiriga tushib qoladi. Tez orada Bobilning zaiflashib qolganidan foydalanib Ossuriya oʻz mustaqilligini qayta tiklaydi va bu hududda Bobilga qarshi taʼsir oʻtkazish uchun harbiy harakatlarni boshlaydi.

Milloddan avvalgi 1353–1318-yillarda podsho Ashshurballit Osuriyani qudratli davlatga aylantiradi. Zaiflashgan Mitanni Xettlarga qarshi Ossuriyaga ittifoqchiga aylanadi. Tez orada Ossuriya Xettlarni yuqori Mesopotamiyadan haydab chiqarib, Frot daryosiga chiqadi. Mitannining sharqiy viloyatlari, shu jumladan bu yerdagi diniy markaz — Nineviya bosib olinadi. Dastlab Mitanni keyinchalik Bobil ham Ossuriya taʼsiri ostiga tushib qoladi. Ossuriya kichik shahar-davlatdan qudratli davlatga aylanadi. Yetti yuz yil mobaynida talonchilik urushlari, bosib olgan hududlar aholisiga nisbatan shavqatsizligi bilan qoʻshnilariga qoʻrquv va daxshat solib turdi.

Ossuriyaning davlat boʻlib shakllanishi miloddan avvalgi 1295-1264-yillarda hukmronlik qilgan Adad-Nerari davriga toʻgʻri keladi. U birinchi boʻlib oʻziga podsho unvonini berib Oldi Osiyodagi buyuk davlat hukmdorlariga teng boʻlgan „Buyuk podsho“ unvoniga daʼvo qilgan.

Adad-Neraruning oʻli Salmanasar I otasining mitanniga qarshi yurishini davom ettiradi. Yuqori Mesopotamiyani Karxemeshgacha Osuriyaga qoʻshib oladi. Mitanni davlatini tugashiga ham sababchi boʻladi. Bu orada Xett davlati Misr bilan sulh tuzib, Bobil bilan ittifoqni qayta tiklashga erishadi. Oqibatda Old Osiyo mintaqasida kuchlar muvozanati qayta tiklanadi.

Salmanasar I ning oʻgʻli Tukulti-Ninurta I Bobilga va Kavkazortiga gʻolibona yurushlar uyushtiradi Xett podshosi Tudxali IV Sharqdagi mulklarini himoya qilish uchun Tukulti-Ninurtaga qarshi qoʻshin tortadi lekin yozma manbalarda Tudxali oʻz qoʻshiniga ishonmaganligi haqida ham maʼlumotlar bor. Erbil shaxri yaqinida boʻlgan jangda Oosuuriya qoʻshinlari gʻalaba qozonadi. Manbalarga koʻra jangdan soʻng 28,800 kishi asir olingan[4]. Xettlar davlati kuchsizlana boshlaydi.

Janubda Bobil davlati urushga tayyorlana boshlagan edi. Miloddan avvalgi 1223-yilda kuchlar oʻzaro teng bo֥‘lgan jangda Tukilti-Ninurta Bobil podshosi Kashtiliash IV ni asir olib kiyimsiz holida Ashshurga olib ketadi. Bobildagi Marduk ilohi haykallari ham aynan shu urushda olib ketilgan. Podsho Ashshurdan 3 km shimoli-sharqda oʻzi uchun yangi poytaxt Kag Tukulti-Ninurta („Tukulti-Ninurta savdo qoʻnalgʻasi“) shahrini qurdiradi. Ashshurda lshtar xudosi ibodatxonasini qayta tildaydi. Ammo Ossuriya zodagonlari podshoning Bobil ilohlariga qarshi qilgan shakkokligini bahona qilib, unga qarshi fitna uyushtirishgan. Natijada Tukulti-Ninurta I aqldan ozgan deb eʼlon qilinadi va uy qamogʻiga olinib oʻldiriladi.

Taxtga fitna ishtirokchisi podshoning oʻgʻli Ashshur-Nadin-Apal oʻtqaziladi. U Marduk ilohi haykalini Bobilga qaytarib yuboradi. Ammo Bobilliklarni tinchlantira olmaydi. Tez orada qoʻzgʻalonlan boshlanadi. Ossuriya noibi shaharni tark etadi. Kassit qabilasidan boʻgan zodagonlardan biri Bobil ossurlardan ozod boʻlganini eʼlon qiladi.

Keyinchalik Bobil davlati kuchayib, Ossuriyani bosib olgan hududlaming katta qismini qayta egalab oladi. Mamlakat uzoq tashqi urushlar natijasida zaiflashib, ichki nizolar boʻlib oʻtadi. Ossuriya davlati siyosiy tushkunlikka uchraydi.

Podsho Tiglatpalasar I davrida Ossuriya yana kuchayadi. Bu davrda Xettlar frigiyaliklarning hujumiga uchrab halokatga uchragan, Misr esa kuchsizlanib qolgan edi. Uning atrofidagi yirik davlatlar endi Ossuriyaga xavf sola olmas edi. Bundan foydalangan Tiglatpalasar I Shimoliy suriya va Shimoliy finikiya, Kichik Osiyoning janubi- sharqiy qismlariga harbiy yurishlar uyushtiradi. Mamlakat 38 yil davomida qoʻshni xalqlar bilan urush olib bordi. Aynan shu urushlar tufayli Tiglatpalasar I oʻz jang aravalarini Kichik Osiyoning togʻli oʻlkalariga ham boshlab bordi. Karkemish shahri bir kun ichida zabt etildi. Hatto Misr fir’avnlari Tiglatpalasar I ga sovgʻa sifatida timsoh yuborishdi. Tiglatpalasar I Bobil podshosi Marduk-Nadin-Axxega qarshi ikki marotaba harbiy yurish qilib. vaqtincha uni kuchsizlamirishga erishadi. Lekin bobilliklar oʻz mustaqilligini saqlab qoladi. Soʻngra aramey qabilalariga qarshi 28 marotaba yurish uyushtiradi. Ammo arameylami shimoliy Mesopotamiya yaylovlariga kirib borishiga butunlay toʻsqinlik qila olmadi. Uning vafotidan soʻng vorislari davrida Ossuriya siyosiy tushkunlikni boshdan kechiradi.

Ossuriyaning gullab-yashnashiga miloddan avvalgi XI asrlarda Arabistondan koʻchib kelgan chorvador oromiy qabilalari chek qoʻyadi. Shu tariqa. Ossuriva podsholigi sivosiy mavqeyidan ajrala boshlaydi.

Miloddan avvalgi X asr oxirlarida tarixda „Ossuriya renessansi“ deb nom olgan davr boshlandi. podsho Ashshurdan II mamlakat taraqqiyotini qayta yoʻlga qoʻyadi Natijada ossuriyaliklar Shimoliy Mesopotamiyada oʻz hukmronliklarini qayta tikladilar va faol istilochilik yurishlarini boshlash uchun zamin yaratadilar.

Bu vaqtda Ossuriya armiyasi oʻzining soni, yuqori darajada tashkilashtirilganligi, qurollanish darajasi va jangavor qobiliyati bilan Old Osiyodagi birinchi oʻringa chiqib oladi. Podsho Tukulti-Ninurta II ning o gʻli Ashshumatsirpal II. davrida dastlab shimoli-gʻarbga Dajla daryosi qirgʻoqlariga yurish qiladi. Miloddan avvalgi 882-yilda Xulay boshchiligidagi qoʻzgʻolonni shafqatsizlik bilan bostiradi. Oʻrtayer dengizi qng oqlariga yurish qiladi. Oʻzining qarorgohini yangi poytaxti Kalxu(KaIax)ga koʻchiradi. Miloddan avvalgi 886-yilda Bit-Zamam oʻlkasi podshosi Ilanu boshchiligidagi qoʻzgʻolonni bostiradi. Ashshumatsirpal II podsholigi davrida Ossuriya yana imperiyaga aylanadi. U Nineviya shahrini davlatining shimolidagi tayanch nuqtasiga aylantirdi. Dajla daryosi qirgʻoqlarida Kalxu shahrini qayta tiklab, poytaxtga aylantirdi. Ashshur shahridan mohir ustalar va bogʻbonlar olib kelinib shahar obodonlashtirildi, Hukumatni ham shu yerga koʻchiradi.

Miloddan avvalgi 876-yilda Ossuriya qoʻshinlari Finikiya qirgʻogʻiga chiqdilar. Salmanasar III Suriyaga yangi yurish uyushtirdi. Bu hududda Ossuriyaning ekspansiyasiga qarshi bir necha shahar-davlatlaming Damashq podsholigi boshchiligida ittifoqi tashkil topdi. Miloddan avvalgi 853-yildagi Oront daryosi yonidagi jang Suriya, Falastin, Finikiya, Kilikiya va Damashqning birlashgan qoʻshinlari ossur qoʻshinlarini jangda magiubiyatga uchratdilar. Bu haqida biz hozirgi kunda Britaniya muzeyida saqlanayotgan monolit toshdagi yozuv. Salamanasar III hukmronligining birinchi yetti yilligi annallarini oʻzida aks ettirgan. Monolitdan bilishimiz mumkin. Ushbu Manolitlar Diyorbakirdan janubdagi Kurxe degan joydan topilgan.

Miloddan avvalgi 845-yilda Salmanasar III 120 ming kishilik qoʻshin bilan Suriyada yana jang harakatlani boshladi. Lekin bu harbiy harakatlar ham muvaffaqiyatli chiqmadi, Ossuriyalildar vaqtinchalik Suriyadan chekindi. Ammo tez orada ittifoqchi shahar-davlatlar oʻrtasida kelishmovchiliklar boshlandi va ossuriyaliklar bundan oqilona foydalanib qoldi. Miloddan avvalgi 841-yilda Suriyada, miloddan avvalgi 840-yilda 16ta yurishdan soʻng Damashq podsholigi ham boʻysuntirildi.

Osuriya uzoq vaqt olib borilgan urushlar natijasida zaiflashib qoldi. Mil.avv. VIII asr-da Osuriya iqtisodiy tushkunlikka yuz tutadi. Ichki ziddiyatlar, qoʻzgʻolon va isyonlar boshlanadi.

Osuriyaning yangidan yuksalishi podsho hokimiyatini bosib olgan harbiy boshliq, podsho Tiglatpalasar III davrida boshlandi. Tiglatpalasar III harbiy zodagonlar yordamida podsho Ashshurnirari VI ni taxtdan tushirib, hokimiyatga keldi va istilochilik urushlarini olib bordi Tiglatpalasar III podsho hokimiyatini mustahkamlash uchun qator islohotlar oʻtkazdi. U mamlakat hududini kichik-kichik noibliklarga boʻlib yubordi. Noiblar ustidan markaziy hokimiyatning nazorati oʻrnatilib, noiblarning vakolatlari belgilanib, vazifalari cheklandi. Viloyat noiblariga viloyatda soliqlarni toʻplash, fuqarolarning majburiyatlarni bajarishini tashkil qilish va oʻz viloyatlari harbiy qismlariga rahbarlik qilish vazifalari yuklandi.

Tiglatpalasar III xazinadan maosh oladigan koʻp sonli muntazam qoʻshin tuzdi va koʻngillilarni harbiy xizmatga chaqirishdan voz kech di. Harbiy xizmatga aholining oʻrta va past tabaqalari jalb qilindi. Osuriya qoʻshini davlat bosqinchilik siyosatining asosiy quroli boʻlgan. Qoʻshin qurollariga qarab, bir necha qismlarga boʻlingan. Piyoda qoʻshinlar son jihatidan eng koʻp sonli boʻlib, u yengil va ogʻir qurolli qismlarga boʻlingan. Miloddan avvalgi IX asrdan boshlab otliq qismlar paydo boʻladi. Qoʻshinning zarbdor qismi jang aravalari boʻlgan.

Miloddan avvalgi 743–740-yillarda Shimoliy Suriya va Kichik Osiyo hokimlarining birlashgan ittifoqining kuchlari tor-mor qilindi. Urartu davlatiga qarshi gʻolibona yurishlar olib borildi va mamlakat talon-taroj qilindi. Sharqda Osuriya Midiyaning bir qismiga ega boʻlib, bu yerda bir necha provinsiyalar tashkil qilindi. Miloddan avvalgi 729-yilda Bobilni bosib olib, Tiglatpalasar III Pulu nomi bilan Bobil podshosi tojini kiydi. Sargon II davrida miloddan avvalgi. 722-yilda Isroil podsholigi bosib olindi. Hokimiyatni noqonuniy ravishda bosib olgan Sargon II podshoning yangi qarorgohi — Dur-Sharrukin („Sargon qal’asi“)ni qurdi. Uning avlodlari — Sargoniylar Osuriyani uning halokatigacha boshqarganlar.

Badjahl podsho — Sinaxxerib poytaxtni Nineviyaga koʻchirdi. Uning podsholigi davrida Ossuriya Kichik Osiyoning janubiy-sharqini qoʻldan chiqardi. Yahudiyaning qarshiligini bostira olmadi va uni qoʻllab-quvvatlagan Misrni boʻysundira olmadi.

Sinaxerribning vorisi Asarxaddon vayron qilingan Bobilni qayta tikladi. Zaif, qaram Bobilni Osuriya bilan ittifoqda boʻlgan alohida podsholik deb eʼtirof etdi. Asarxaddon mamlakat shimoliy-gʻarbida miloddan avvalgi. 679-yilda paydo boʻlgan kimmeriylar hujumini bartaraf qilib, Eronning shimoliy-gʻarbida yashagan skiflar bilan miloddan avvalgi 672-yilda ittifoq tuzdi. U miloddan avvalgi 671-yilda Misrni bosib olib, shimoliy arab qabilalarini boʻysundirdi. Bu davrda Osuriya davlati chegaralari Nil daryosining birinchi ostonalaridan Kavkazortigacha, Eron pasttogʻidan Kichik Osiyogacha, Oʻrtayer dengizidan Fors qoʻltigʻigacha choʻzildi.

Bu ulkan davlatni boshqarish Osuriyaga juda katta qiyinchiliklarni tugʻdirdi. Tiglatpalasarning vorislari Sargon II, Sinaxxerib, Asarxaddon va Ashshurbanipal yuz yillar davomida koʻplab istilochilik urushlari natijasida tashkil etilgan ulkan imperiyani mustahkamlashga harakat qildilar. Ammo Ashshurbanipal hukmronligining soʻnggi yillarida imperiyaning yemirilishi boshlandi. Ashshurbanipal mil.avv. 629-yilda vafot etdi. Uning ukasi Sinshariskun taxtga chiqdi. Uch yildan soʻng joylarda Osuriyaning hukmronligiga qarshi kuchli noroziliklar boshlanib, oxir-oqibatda uning halokatiga olib keldi. Imperiyaning jadal yemirilishi boshlandi. Bobil, Elam, Xaldey, Oromiy hokimliklari, Suriya va Finikiya shaharlari Osuriya hukmromligiga qarshi bosh koʻtardi. Bobil va Midiya birgalikda Osuriyaga qarshi ittifoq tuzib, miloddan avvalgi. 614-yilda Ashshurni, miloddan avvalgi 612-yilda Nineviyani vayron qildilar. Miloddan avvalgi 590-yilda Xarran[5] yonidagi jangda Osuriyaning harbiy qudrati toʻliq sindirildi.


[1] D. G. Reder, E. A. Cherkasova — „Qadimgi dunyo tarixi“ — Toshkent „Oʻqituvchi“ 1974 — 210-b

[2] Subariy qabilalari xurrit qabilalarining bir qismi sifatida qaraladi.

[3] akkad tilida Shulmanu — ashared mil.avv. 1274–1245-yillar

[4] D. J. Urakov, R. N. Tursunov, A. A. Biykuziyev B. B. Xaynazarov — „Jahon tarixi“ Toshkent „Navroʻz“ 2018 — 62-bet

[5] Hozirgi Turkiyaning janubiy qismida joylashgan Anatoliya va Mesopotamiya bilan chegaradosh boʻlgan shahar


Soyfullo Tursunov[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

2. https://interoncof.com/index.php/italy/article/view/11479[1]



  1. O‘g‘li, Esonov Murodali Qambarali; O‘g‘li, Fayzullayev Axror Azamat (2025-05-01). „OSSURIYA PODSHOLIGI VA UNING ICHKI VA TASHQI SIYOSATI“. FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS INTERDISCIPLINARY SCIENCES (inglizcha). 4-jild, № 40. 249–256-bet.