close
Kontent qismiga oʻtish

Ostona

(Astanadan yoʻnaltirildi)
Ostona

qozoqcha: Астана
Poytaxt
Ostona
Bayroq
Ostona
Gerb
51°11′0″N 71°24′0″E / 51.18333°N 71.40000°E / 51.18333; 71.40000
Mamlakat Qozogʻiston
Hukumat
  Akim Altay Kulginov
Asos solingan 1830
Ilk eslatilishi 1830
Avvalgi nomlari Akmolinsk, Tselinogarad, Akmola, Astana, Nur-Sulton
Maydon 79,733 km2 (30,785 kv mi)
Markazi balandligi 506 m
Rasmiy til(lar)i qozoqcha, ruscha
Aholisi
1 078 384[1]
Zichligi 1299 kishi/km2
Milliy tarkib qozoqlar 81 %
ruslar 10 %
ukrainlar 1,81 %
tatarlar 1,34 %
oʻzbeklar 1,10 %
va boshqalar 5,63 %
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 7172
Pochta indeks(lar)i 010000
Avtomobil kodi Z eskisi, 01 yangisi
Ostona xaritada
Ostona
Ostona
Ostona xaritada
Ostona
Ostona

Ostona (qozoqcha: Астана); eski nomi: Nur-Sulton (qozoqcha: Нұр-Сұлтан) — Qozogʻiston poytaxti (1997-yil 10-dekabrdan beri). Hozirgi kunda shaharning hududi 200 km2. Ishim daryosining oʻng sohilida joylashgan. Temir yoʻl tuguni. Aeroport bor. Aholisi 1 136 008 kishi (2020).

Mashinasozlik va metallni qayta ishlash (qishloq xoʻjalik mashinalari, nasos, vagon remonta, gaz apparaturasi, choʻyan kuyish va boshqa zavodlar), oziq-ovqat (goʻsht, sut, non mahsulotlari, pivo zavodi), yengil (chinni zavodi, tikuvchilik fabrikasi va boshqa) sanoatlari rivojlangan. Gʻisht, temir-beton materiallari, uy-joy qurilish qismlari, asfalt, keramika mahsulotlari ishlab chiqariladi. TETS ishlab turibdi. Elektr uzatkich liniyalari Ostonani Qaragʻandi, Pavlodar, Petropavl, Rudniy bilan bogʻlagan.

Shahar eski qismining koʻchalari toʻgʻri burchak shaklida tuzilgan. Ostonada 1960-yildan katta qurilish ishlari boshlandi. 1961—92-yillar bosh plani boʻyicha shaharning janubi-sharqiy qismidagi boʻsh yerlarda tipovoy loyiha asosida koʻp qavatli binolar qurilgan, yangi turar joy mikrorayonlari va jamoat binolari (Madaniyat saroyi, 1960—64, meʼmorlar O. Kratsklis, D. Danneberg, P. Fogel), Yoshlar uyi (1974, meʼmor A. T. Polyanskiy va boshqa), „Ishim“ mehmonxonasi, telemarkaz va boshqalar barpo etilgan. Ostonada 4 oliy oʻquv yurti, teatr, oʻlkashunoslik va tasviriy sanʼat muzeylari bor. Ostona 1830-yilda Oqmoʻla qalʼasi sifatida barpo qilingan.

Shaharning nomi 1961-yilgacha Akmolinsk, 1992-yilgacha Tzelinograd, 1998-yilgacha Oqmola boʻlgan. 2022-yilda Nur-Sulton deb atalgan. Ostona shahri 1997-yildan beri Qozogʻiston Respublikasining poytaxti boʻlib kelmoqda. Undan avval Olmaota shahri mamlakatning poytaxti boʻlgan.

Ichki boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ostona Sariarqa tumani, Alma-Ata tumani va Yesil tumani boʻlib boʻlinadi.

Qiziqarli xabarlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ostona — Osiyo poytaxtlarining ichida shimoliy qutbga eng yaqin joylashgan.
  • Ostona — Yer sharidagi eng sovuq poytaxtlarning biridir, Mongoliya poytaxti Ulan-Batordan issiq, Kanada poytaxti Ottavadan sovuq.
  • Ostona politexnik kolleji
  • Tibbiyot kolleji
  • Inovatsion texnalogiyalar kolleji
  • Moliyaviy-iqtisoiy kolleji
  • Gumanitar kolleji (Pedagogik kollej)
  • Gumanitar-yuridik kolleji QazGYuU
  • Yevrosiyo gumanitar institutining kolleji
  • „Turon“ kolleji
  • Boshqarish kolleji
  • Moliyaviy akademiyaning kolleji
  • Iqtisodiyot, oziq-ovqatlarni standartlash va texnalogiyalar kolleji
  • Savdo-sanoat va iqtisodiyot kolleji
  • Iqsodiy-hududiy kolleji
  • Qozoq texnologiya va biznes universitetining kolleji
  • Transport va aloqa kolleji

Oliy oʻquv yurtlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ostona shahrida 10 tadan ziyod oliy oʻquv yurtlati bor, shulardan:

  • Qozogʻiston Respublikasining Prezidenti davlat boshqarish akademiyasi
  • L. N. Gumilev nomli Yevrosiyo milliy universiteti
  • Yevrosiyo gumanitar instituti
  • Qozoq milliy sanʼat universiteti
  • S.Seyfullin nomli qozoq agrotexnik universiteti
  • Qozoq gumanitar-yuridik universiteti
  • M. V. Lomonosov nomli Moskva davlat universitetining Qozogʻistondagi filiali
  • Qozogʻiston-Rossiya universiteti
  • Ostona tibbiyot universiteti
  • Nazarboyev Universiteti
  • Moliya akademiyasi
  • Qozoq moliyaviy-iqtisoiy va xalqaro savdo universiteti
  • Qozoq texnalogiya va biznes universiteti

Sport saroylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Bosh stadion Nur-Sultan Arena — 30 000 kishini sigʻdira oladi[2].
  • Qajimuqan Munaytpasov nomidagi stadoin — 12 350 kishini sigʻdira oladi.
  • Yopiq konʼki saroyi — 8 773 kishini sigʻdira oladi.
  • Alau muz saroyi — 8 000 kishini sigʻdira oladi.
  • Sari-Arqa — 8 000 kishini sigʻdira oladi.
  • Qozogʻiston sport saroyi — 6 532 kishini sigʻdira oladi.

Ostona shahrining aholisi 2000-yil bilan solishtirganda 169,2-ming kishiga koʻpayib, 2006-yilning boshida 550,2 ming kishiga yetdi. Aholi soni boʻyicha Ostona Qozogʻistondagi Olmaoti shahridan keyin 2-oʻrinda.

Milliy tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Milliy tarkib (2012)
qozoqlar
 
66.80%
ruslar
 
23.35%
ukrainlar
 
1.81%
boshqalar
 
8.04%
Milliy tarkib (1989)
ruslar
 
54.10%
qozoqlar
 
17.71%
ukrainlar
 
9.26%
boshqalar
 
18.93%
Shahar aholisining milliy tarkibi:[3][4]
1989-yilgi
aholi soni
%1999-yilgi
aholi soni
%2012-yilgi
aholi soni
%
umumiy281252100,00 %319324100,00 %742918100,00 %
Qozoqlar4979817,71 %13358541,83 %48081566,80 %
Ruslar15214754,10 %12948040,55 %18892823,35 %
Ukrainlar260549,26 %180705,66 %134531,81 %
Tatarlar93393,32 %82862,59 %99371,34 %
Olmonlar189136,72 %95913,00 %79301,07 %
Beloruslar82202,92 %57611,80 %38340,52 %
Koreyslar13290,47 %20280,64 %49810,67 %
Oʻzbeklar6400,23 %4290,13 %81661,10 %
Polyaklar27620,98 %25370,79 %24120,32 %
Ingushlar18890,67 %18220,57 %27320,30 %
Ozarbayjonlar9970,35 %9020,28 %29780,40 %
Qirg'izlar940,03 %1960,06 %18080,20 %
Chechenlar5140,18 %7520,24 %10630,14 %
Boshqirdlar11870,42 %8700,27 %10090,14 %
Armanlar8140,29 %5760,18 %7900,10 %
Moldavanlar10040,36 %6290,20 %70,9 %
Uyg'urlar530,02 %1610,05 %8810,12 %
boshqalar54981,64 %36490,83 %87110,90 %

Hamdoʻst shaharlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shahar Yil Davlat
Anqara-Turkiya bayrogʻi Turkiya
Istanbul-Turkiya bayrogʻi Turkiya
Izmir-Turkiya bayrogʻi Turkiya
Moskva-Rossiya bayrogʻi Rossiya
Sankt-Peterburg-Rossiya bayrogʻi Rossiya
Qozon2004Rossiya bayrogʻi Rossiya
Pittsburg-AQSH bayrogʻi AQSH
Ammon-Iordaniya bayrogʻi Iordaniya
Riga-Latviya bayrogʻi Latviya
Toshkent-Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston[5]
Gdansk1996Polsha bayrogʻi Polsha
Varshava2002Polsha bayrogʻi Polsha
Kiyev1998Ukraina bayrogʻi Ukraina
Seul2004Janubiy Koreya
Dubay-BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari
Pekin-Xitoy bayrogʻi Xitoy
Manila-Filippin bayrogʻi Filippin
Tbilisi2005Gruziya bayrogʻi Gruziya [6]
Bishkek2011Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston[7]
Xanoy-Vyetnam bayrogʻi Vyetnam
Nice2013Fransiya bayrogʻi Fransiya

Shaharning nazarga tushgan joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ostona shahrining panoramasi
Shaharning nazarga tushgan joylari
Boyterak Mustaqillik saroyi Qozogʻiston sport kompleksi Nur-Sulton masjidi Qozoq eli monumenti
  1. „Численность населения Республики Казахстан по полу в разрезе областей, городов, районов и районных центров и поселков на начало 2019 года“. Комитет по статистике Министерства национальной экономики Республики Казахстан. 2020-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  2. http://www.uefa.com/MultimediaFiles/Download/FirstDiv/uefaorg/Publications/01/67/03/93/1670393_DOWNLOAD.pdf
  3. Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Arxiv (Wayback Machine saytida 2013-11-13 sanasida arxivlangan): Natsionalniy sostav naseleniya Respubliki Kazaxstan i ego oblastey (tom 1) (Wayback Machine saytida 2011-08-16 sanasida arxivlangan)
  4. Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na 1-maya 2012 goda[sayt ishlamaydi]
  5. Tashkent, goroda-pobratimi
  6. Soglashenie o partnerstve s Tbilisi, 2012-04-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-12-23
  7. Soglashenie ob ustanovlenii pobratimskix svyazey mejdu Bishkekom i Astanoy, 2012-11-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-12-23
  8. Qozoq ensiklopediyasi I tom