Leiden
Qiyofa
Leyden — Niderlandiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Janubiy Gollandiya provinsiyasida. Reyn daryosi deltasidagi port. Aholisi 117,4 ming kishi (2001). Leyden yirik madaniy va ilmiy markaz. Jun tayyorlashning qadimiy markazi. Mashinasozlik, metallsozlik, kimyo, poligrafiya, tikuvchilik sanoati korxonalari mavjud. Universitet (1575), universitet kutubxonasi, tarix muzeyi, etnografiya muzeyi, mashhur rassom Rembrandt uy-muzeyi va boshqalar bor. Shahar qoʻlyozmalarda ilk bor IX asrda qayd etilgan. XII—XVIII asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |