Max Theiler
Qiyofa
Max Theiler (1899.30.1 - 1972-yil, 8-noyabr) — Janubiy Afrika vrachi va mikrobiologi. 1922-yildan AQSH da. Tibbiyotni Keyptaun universitetida oʻqib (1917—18), 1922-yilda Londonda tugatgan. 1957-yildan Rokfeller fondi (NyuYork) qoshidagi sogʻliqni saqlash va xalqaro tibbiyot boʻlimi laboratoriya rahbari, ayni vaqtda (1964-yildan) Yelsk universiteti tibbiyot maktabida professor Ilmiy faoliyati infeksion kasalliklarni oʻrganishga doir. Sariq isitma qoʻzgʻatuvchisini aniqlagan va shu kasallikka karshi odamlarni emlash uchun 2 ta vaksina kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1951)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "TEYLER (Theiler) Maks" OʻzME. T-harfi (Wayback Machine saytida 2018-10-28 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |