Miskolc
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mishkols — Vengriyaning shim.sharqiy qismidagi shahar. Shayo daryosi boʻyida, Byukk togʻi etaklarida joylashgan. Borshod-Abauy-Zemplen medyesining maʼmuriy markazi. Aholisi 178 ming kishi (1999). Ahamiyati jihatidan mamlakatda 2-oʻrindagi (Budapeshtdan keyin) sanoat markazi. Qora metallurgiya, mashinasozlik (jumladan, stanoksozlik, ogʻir mashinasozlik, elektrotexnika, transport), sement, toʻqimachilik, oynashisha, tikuvchilik, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Politexnika instituti, muzeylar, teatr bor. XIII—XVI asrlarda qurilgan meʼmoriy obidalari saqlangan. M. shahar yaqinidagi Lillafyured kurortlari bilan Byukk milliy bogʻi tarkibida. Shahar yaqinida qoʻngʻir koʻmir qazib olinadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Borsod-Abaúj-Zemplén geografiyasiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |