Jan Tinbergen
| Jan Tinbergen | |
|---|---|
|
Tinbergen 1982-yilda | |
| Tavalludi |
12-aprel, 1903-yil Gaaga, Niderlandiya |
| Vafoti |
9-iyun, 1994-yil Gaaga, Niderlandiya |
| Fuqaroligi | Niderlandiya |
| Millati | Golland |
| Sohasi | Iqtisodiyot, Ekonometrika |
| Ish joylari | Rotterdam Erasmus universiteti |
| Taʼlimi | Leyden universiteti |
| Akademik rahbarlari | Paul Ehrenfest |
| Mashhur shogirdlari |
Tjalling Koopmans Hans van den Doel Supachai Panitchpakdi Ashok Mitra |
| Mashhur ishlari | Birinchi milliy makroiqtisodiy model |
| Mukofotlari | Erasmus mukofoti (1967), Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti (1969) |
Jan Tinbergen (12-aprel, 1903-yil Gaaga — 9-iyun, 1994-yil Rotterdam) — niderlandiyalik iqtisodchi boʻlib, Ragnar Frisch bilan birgalikda iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish uchun dinamik modellarni ishlab chiqqani va qoʻllagani uchun 1969-yilda Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti mukofotiga sazovor boʻlgan. Jan Tinbergen XX asrning eng nufuzli iqtisodchilaridan biri hamda ekonometrikaning otasi sifatida eʼtirof etiladi[1][2][3][4].
Uning ekonometrikaga qoʻshgan eng katta hissasi dastlabki makroekonometrik modellarni yaratish, identifikatsiya muammosini hal etish va dinamik modellar mohiyatini tushuntirib berishdan iborat[3]. Tinbergen „Economists for Peace and Security“ (Tinchlik va xavfsizlik uchun iqtisodchilar) tashkilotining asoschilaridan biri boʻlgan. 1945-yilda Tinbergen „Bureau for Economic Policy Analysis“ (Iqtisodiy siyosatni tahlil qilish byurosi)ni tashkil etgan va ushbu tashkilotning ilk direktori boʻlgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tinbergen Dirk Cornelis Tinbergen va Jeannette van Eekning besh farzandidan kattasi edi. Tinbergenning ukasi Nikolaas „Niko“ Tinbergen etologiya sohasidagi ishlari uchun 1973-yilda fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan, eng kichik ukasi Luuk Tinbergen esa mashhur ornitolog boʻlgan. Jan va Nikolaas Tinbergen Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan yagona aka-ukalar hisoblanadi[5].
1921–1925-yillar oraligʻida Tinbergen Leyden universitetida Paul Ehrenfest rahbarligida matematika va fizikani oʻrgangan. Leiden shahrida tahsil olgan yillarida Ehrenfest, Kamerlingh Onnes, Hendrik Lorentz, Pieter Zeeman va Albert Einstein kabi olimlar bilan ilmiy suhbatlarda birga boʻlgan[6][7].
Oʻqishni tamomlagach, Tinbergen Rotterdamdagi qamoqxona maʼmuriyatida hamda Haga shahridagi Markaziy statistika byurosida davlat xizmatini oʻtagan. Shundan keyin Tinbergen Leyden universitetiga qaytgan va 1929-yilda „Minimumproblemen in de natuurkunde en de economie“ („Fizika va iqtisodiyotdagi minimallashtirish muammolari“) nomli doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[8]. Ushbu mavzu Ehrenfest tomonidan taklif etilgan boʻlib, Tinbergenga matematika, fizika, iqtisodiyot va siyosatga boʻlgan qiziqishlarini birlashtirish imkonini bergan. Oʻsha davrda Markaziy statistika byurosi tarkibida biznes tadqiqotlari va matematik statistika boʻyicha yangi boʻlim tashkil etilgan edi. Tinbergen ushbu boʻlimni birinchi rahbari boʻlib, 1945-yilgacha Markaziy statistika byurosida oʻz faoliyatini yuritgan. Markaziy statistika byurosining keng koʻlamli maʼlumotlariga kirish imkoniyati Tinbergenga oʻz nazariy modellarini sinovdan oʻtkazishda yordam bergan. Shu bilan bir vaqtda, Tinbergen 1931-yildan boshlab Amsterdam universitetida statistika professori boʻlgan. 1933-yilda Rotterdamdagi Niderlandiya iqtisodiyot maktabida matematika va statistika boʻyicha dotsent lavozimiga tayinlangan. Tinbergen ushbu muassasada 1973-yilgacha faoliyat yuritgan[6][7].
Tinbergen 1929–1945-yillarda Niderlandiya davlat statistika idorasida faoliyat yuritgan hamda Millatlar ligasining Iqtisodiy va moliyaviy tashkilotida (1936–1938) maslahatchi boʻlib ishlagan. 1945-yilda Niderlandiya Iqtisodiy siyosatni tahlil qilish byurosining ilk direktori etib tayinlangan va 1955-yilda taʼlim faoliyatiga eʼtibor qaratish maqsadida ushbu lavozimni tark etgan. Tinbergen bir yil davomida Harvard universitetida professor sifatida faoliyat yuritgan, soʻngra Niderlandiya iqtisodiyot institutiga qaytgan. Shu bilan birga, xalqaro tashkilotlar hamda turli rivojlanayotgan mamlakatlar hukumatlariga, jumladan Birlashgan Arab Respublikasi, Turkiya, Venesuela, Surinam, Indoneziya va Pokistonga iqtisodiyot boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatgan[6][7][9].
1946-yilda Tinbergen Niderlandiya qirollik fanlar akademiyasi aʼzosi boʻlgan[10]. Tinbergen, shuningdek, Myunxendagi Xalqaro fanlar akademiyasining aʼzosi ham edi. 1956-yilda Henri Theil bilan birgalikda, Rotterdam Erasmus universiteti qoshida, Ekonometrika tadqiqot institudini tashkil etgan. Keyinchalik Henri Theil Rotterdamda uning vorisi boʻlgan. Tinbergen 1960-yilda Amerika statistika assotsiatsiyasi hamda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasi aʼzoligiga saylangan[11][12]. Tinbergen instituti uning sharafiga nomlangan. „International Institute of Social Studies“ (Ijtimoiy tadqiqotlar xalqaro instituti) 1962-yilda Jan Tinbergenga faxriy aʼzolik maqomini bergan[6][7]. 1963-yilda „American Philosophical Society“ (Amerika falsafa jamiyati) aʼzoligiga saylangan[13]. 1968-yilda Tinbergen Sir George Williams universitetidan faxriy doktorlik darajasini olgan, ushbu universitet keyinchalik Concordia Universitetiga aylangan[14][15].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Koʻpchilik uchun Jan Tinbergen uning vafotidan keyin ham uzoq vaqt muhokama qilingan „Tinbergen normasi“ bilan mashhur boʻlgan. Biroq Tinbergenning oʻz asarlarida ushbu normani rasmiy tarzda bayon qilgan yozma manba mavjud emas[16]. Odatda bu prinsip shunday talqin qilinadi: agar eng yuqori va eng past daromad oʻrtasidagi nisbat 5 martadan oshsa, bu maʼlum bir jamiyat uchun noqulay holatga aylanib qoladi. Tinbergenning oʻzi esa 1981-yilda chop etilgan maqolasida daromadlarning beshga bir nisbatiga oid ayrim texnik jihatlarni muhokama qilgan[17]. Beshga bir nisbati haqidagi nazariyalardan tashqari, Tinbergenning asosiy ilmiy yoʻnalishi daromadlar taqsimoti va optimal ijtimoiy tartibni izlashdan iborat boʻlgan.
Tinbergen dastlabki milliy keng qamrovli makroiqtisodiy modelni yaratgan boʻlib, uni ilk bor 1936-yilda Niderlandiya uchun ishlab chiqqan, keyinchalik esa AQSh va Birlashgan Qirollikga ham tatbiq etgan[18].
Tanlangan asarlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- World security and equity. Aldershot, 1990. ISBN 1852781874.
- Production, income and welfare: the search for an optimal social order. Brighton, 1985 ISBN 0745000142.
- Economic policy: Principles and Design. Amsterdam, 1978. ISBN 0720431298.
- Der Dialog Nord-Süd: Informationen zur Entwicklungspolitik. Frankfurt am Main: Europ. Verlagsanstalt, 1977.
- Income distribution: analysis and policies. New York, 1975. ISBN 0444108327.
- The Dynamics of Business Cycles: A Study in Economic Fluctuations. Chicago: U of Chicago P, 1974. ISBN 0226804186.
- The Element of Space in Development Planning (together with L. B. M. Mennes and J. G. Waardenburg), Amsterdam, 1969
- Development planning. London, 1967.
- Central planning. Studies in comparative economics, 4. New Haven, 1964.
- Shaping the world economy, suggestions for an international economic policy. New York, 1962.
- Selected papers. Amsterdam, 1959
- Economic Policy: Principles and Design, Amsterdam, 1956
- Centralization and Decentralization in Economic Policy, Amsterdam, 1954 ISBN 0313230773.
- Econometrics. London, 1953.
- On the Theory of Economic Policy. Second edition (1952) is Volume 1 of Contributions to Economic Analysis, Amsterdam: North-Holland.
- Business Cycles in the United Kingdom, 1870–1914, Amsterdam, 1951
- International economic co-operation. Amsterdam, 1945.
- Business Cycles in the United States, 1919–1932, Geneva, 1939 and New York, 1968.
- An econometric approach to business cycle problems. In: Impasses économiques; 2; Actualités scientifiques et industrielles, ISBN 0365-6861; 525. Paris, 1937.
- Tinbergen haqida
- Acocella, Nicola, Di Bartolomeo, Giovanni (2006), Tinbergen and Theil meet Nash: controllability in policy games, in: Economics Letters, 90(2): 213–218.
- Acocella, Nicola, Di Bartolomeo, Giovanni and Hughes Hallett, A. [2010], Policy games, policy neutrality and Tinbergen controllability under rational expectations, in: Journal of Macroeconomics, 32(1): 55–67.
- Acocella, Nicola Di Bartolomeo, Giovanni and Hughes Hallett, A. [2011], Tinbergen controllability and n-player LQ-games, in: Economics Letters, 113: 32–4.
- Murshed, SM. 2021. „Reformulating Jan Tinbergenʼs normative vision on welfare and security.“ Journal of Peace Research.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Dekker, Erwin. Jan Tinbergen (1903–1994) and the Rise of Economic Expertise (en). Cambridge University Press, 2021. ISBN 978-1108853200.
- ↑ Dekker, Erwin (2022). "An "Ordo-Thinker" on the Left: Jan Tinbergen on the National and International Economic Order". History of Political Economy 54 (4): 689–718. doi:10.1215/00182702-9895888. ISSN 0018-2702. http://dx.doi.org/10.1215/00182702-9895888.
- 1 2 Magnus, Jan & Mary S. Morgan (1987) „The ET Interview: Professor J. Tinbergen“ in: Econometric Theory 3, 1987, 117–142.
- ↑ Willlekens, Frans (2008) International Migration in Europe: Data, Models and Estimates. New Jersey. John Wiley & Sons: 117.
- ↑ „Nobel Prize Facts“.
- 1 2 3 4 Jan Tinbergen (1903–1994) Koninklijke Bibliotheek (in Dutch)
- 1 2 3 4 O'Connor, John J.; Robertson, Edmund F., „Jan Tinbergen“, MacTutor History of Mathematics archive, St Andrews universiteti.
- ↑ Jan Tinbergen. „Minimumproblemen in de natuurkunde en de economie“ (1929).
- ↑ Curriculum Vitae. nobelprize.org
- ↑ „Jan Tinbergen (1903–1994)“. Royal Netherlands Academy of Arts and Sciences. 2020-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ View/Search Fellows of the ASA (Wayback Machine saytida 2016-06-16 sanasida arxivlangan), accessed 2016-07-23.
- ↑ „Jan Tinbergen“ (en). American Academy of Arts & Sciences. Qaraldi: 2022-yil 10-noyabr.
- ↑ „APS Member History“. search.amphilsoc.org. Qaraldi: 2022-yil 10-noyabr.
- ↑ „Honorary Degree Citation – Jan Tinbergen* | Concordia University Archives“. archives.concordia.ca. Qaraldi: 2016-yil 30-mart.
- ↑ „J. Tinbergen“. www.nasonline.org. Qaraldi: 2022-yil 10-noyabr.
- ↑ Akkerboom, Broer. "De Tinbergennorm bestaat niet". Me Judice, 14 Mei 2015. http://www.mejudice.nl/artikelen/detail/de-tinbergennorm-bestaat-niet.
- ↑ Tinbergen, Jan (1981). "Misunderstandings concerning income distribution policies". De Economist 129 (1): 13. doi:10.1007/BF01705865. http://repub.eur.nl/pub/15463/1981Economist.pdf.
- ↑ Dhaene, G.; Barten, A.P. (1989). "When it all began". Economic Modelling 6 (2): 203. doi:10.1016/0264-9993(89)90005-9. https://archive.org/details/sim_economic-modelling_1989-04_6_2/page/202.
| Vikiiqtibosda Jan Tinbergenga tegishli iqtiboslar mavjud. |
| Vikiomborda „Jan Tinbergen“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |